O‘tgan yili O‘zbekistonda yillik inflyatsiya ko‘rsatkichi 9,8 foizni tashkil qilgan. Bu 2023-yildagi ko‘rsatkichdan 1,03 foizga (bir yil muqaddam 8,77 foiz edi) ko‘pdir. Bu haqda Statistika agentligi mamlakatdagi iste’mol narxlari indeksiga oid hisobotida bildirgan.
2024-yilning so‘nggi oyida (dekabr) mamlakatda inflyatsiya 1,04 foizni tashkil qilgan. Agentlik qaydicha, bu oxirgi besh yil ichida eng past ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi.
Hisobotdan kelib chiqilsa, dekabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxi 1,8 foizga oshgan. Ayni paytda nooziq-ovqat mahsulotlari 0,7 foizga qimmatlagan, pulli xizmatlar qiymati esa 0,4 foizga oshgan.
O‘zbekiston Markaziy banki birinchi yarim yillikda mamlakatda umumiy inflyatsiya yillik 10,6 foiz darajasida shakllanayotgani haqida ma’lum qilgan edi.