Линклар

Шошилинч хабар
12 декабр 2024, Тошкент вақти: 19:58

Terror tashkilotini moliyaviy dastaklashda ayblangan fuqaro 8 yilga qamaldi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax viloyati Zomin tumani sudi xalqaro terrorchilik tashkilotlarining materiallarini tarqatish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda ayblangan 27 yoshli yigitni 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etdi.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi qaydicha, Sharof Rashidov tumani Kuyovboshi mahallasida yashagan fuqaro 2017-yildan 2024-yilning bahorigacha Rossiyaga bir necha marta borib, u yerda savdo, ishlab chiqarish va qurilish obyektlarida ishlagan.

Sud hujjatlariga ko‘ra, fuqaro o‘sha vaqtda O‘zbekiston hududida faoliyati taqiqlangan xalqaro terrorchilik tashkilotlarining audio va video materiallarini eshitib kelgan, ekstremistik va aqidaparastlik g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlagan.

Joriy yil mart oyida fuqaro O‘zbekistonga qaytib kelganida tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan. Uning mobil telefonida shaxsi noma’lum bo‘lgan akkaunt egalari bilan Saudiya Arabistoniga chiqib ketishga oid yozishma borligi aniqlangan.

Tergov idorasi xulosasida fuqaro bir necha akkaunt egasiga terrorchilik mazmunidagi video materiallar yuborgani, bank kartasidan 100 ming rubldan ziyod mablag‘ni terrorchilik tashkilotlari a’zolarining hisob raqamiga o‘tkazgani aytilgan.

Avvalroq Ozodlik jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahri sudining hukmi bilan “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti tarafdori ekani aytilgan 11 nafar farg‘onalik 6 yildan 12 yilgacha qamalgani xabar qilgandi.

XS
SM
MD
LG