Линклар

Шошилинч хабар
23 январ 2025, Тошкент вақти: 17:33

Tojikistonda parlament saylovi 2025-yil martiga belgilandi


Arxiv surati
Arxiv surati

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon parlament saylovi sanasini e’lon qildi. U tomonidan 4-dekabr kuni imzolangan farmonga muvofiq, parlament quyi palatasi va mahalliy kengashlarga deputat saylovi 2025-yil 2-martida bo‘lib o‘tadi. Yuqori palataga saylov esa 2025-yil 28-martiga belgilangan.

Tojikistonda har ikki palata – Majlisi namoyandagon (quyi palata) va Majlisi milliy (yuqori palata) deputatlari besh yilga saylanadi.

Tojikistonda yettita siyosiy partiya ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning aksariyati amaldagi hukumatga xayrixohdir. Ular hali saylovga tayyor ekanlarini bildirishmagan.

Avvalgi yillarda bir necha bor parlament saylovi natijalari soxtalashtirilgani haqida bildirilgan.

Tojikistondagi saylovni kuzatish uchun Dushanbega odatda missiya yo‘llaydigan YXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi (DIIHB) o‘tgan saylovlarning birontasini shaffof va xalqaro standartlar muvofiq, deya baholagan emas.

XS
SM
MD
LG