2024-yilda Toshkent metropoliteni 270,3 million yo‘lovchi tashidi, deya ma’lum qildi Statistika agentligining matbuot xizmati.
Shu tariqa 2023-yilga nisbatan yo‘lovchilar soni 98,3 million nafarga yoki 57,2 foizga ortgan.
Tahlillarga qaraganda, poytaxt metrosi xizmatidan 2020-yilda 38,8 million, 2021-yilda 101,8 million, 2022-yilda 136,7 million va 2023-yilda 172 million yo‘lovchi foydalangan.
2024-yil 16-dekabrida Toshkent metrosi ilk bor bir kunda bir million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan.
Ozodlik avval xabar qilganidek, Toshkent shahri hokimining qarori bilan joriy yil 1-yanvaridan poytaxt jamoat transporti, jumladan, metropolitenda yo‘lkira haqi oshirilgan.
So‘nggi yillar mobaynida metroda poyezdlarda tutun chiqishi yoki poyezdning to‘xtab qolishi kabi o‘nlab ko‘ngilsizliklar kuzatilgan.