Линклар

Шошилинч хабар
23 январ 2025, Тошкент вақти: 22:24

Toshkent viloyatida erkak va ayol zaharlanish oqibatida vafot etdi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Joriy yilning 15-dekabr kuni Toshkent viloyati Piskent tumanida erkak va ayol noma’lum moddadan zaharlanib vafot etdi.

Qalampir.uz nashrining Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lumotiga tayangan holda xabar qilishicha, Piskent tumani Birlik mahallasida birga yashab kelgan juftlik (29 yoshli R.D. va 27 yoshli A.S.) o‘z xonadonida vafot etgan.

Hodisa yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan bo‘lib, dastlabki ma’lumotnomada erkak va ayolning o‘limiga sabab o‘laroq noma’lum modda bilan zaharlanish, ichki a’zolarning venoz to‘laqonligi, miya va o‘pka shishishi ko‘rsatilgan.

Piskent tumani prokuraturasi holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borayotgani bildirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa yaqindagina to‘yi bo‘lib o‘tgan kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida xabar tarqalgandi.

Sovuq kunlar tushishi bilan mamlakat bo‘ylab is gazidan zaharlanish tufayli ko‘plab o‘limlar qayd etiladi. Jumladan, 18-noyabr kuni Namangan viloyati Pop tumanida yashagan 36 yoshli A.B., uning 14 yoshli o‘g‘li va 10 yoshli qizi yashash xonadonida is gazidan zaharlanib vafot etgan.

“Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati mulozimiga ko‘ra, 2024-yil boshidan buyon O‘zbekiston bo‘ylab gaz bilan bog‘liq 74 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan. Oqibatda 82 nafar odam qurbon bo‘lgan, 80 dan ziyod kishi turli darajada tan jarohati olgan.

XS
SM
MD
LG