Линклар

Шошилинч хабар
26 январ 2025, Тошкент вақти: 09:31

Toshkentda yirik qarzdorlar suv tarmog‘idan uzilmoqda


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Toshkent shahrida katta miqdorda qarzi bor yirik iste’molchilarni sovuq suv ta’minotidan uzish boshlandi.

Jumladan, poytaxtdagi “Ippodrom” bozori tarmoqdan uzilgan. “Toshkent shahri suv ta’minoti” AJ matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, bozorning sovuq suv bo‘yicha umumiy qarzi 220 million so‘mni tashkil etadi.

Poytaxt suvsozlari o‘z vaqtida to‘lov qilmagan ko‘p qavatli xonadonlar ham ta’minotdan mahrum etilishidan ogohlantirgan.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonda iste’molchilarning ichimlik suvdan qarzdorligi 1 trln so‘mni tashkil etmoqda. Shundan 740,5 mlrd so‘m jismoniy, qolgani esa yuridik iste’molchilar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ozodlik avvalroq O‘zbekiston poytaxtida iste’molchilarning suvdan umumiy qarzdorligi 200 milliard so‘mga yetgani haqida xabar qilgan edi.

XS
SM
MD
LG