Линклар

Шошилинч хабар
10 ноябр 2025, Тошкент вақти: 13:05

Toshkentdagi futbol maydonida 17 yashar o‘smir vafot etdi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 133-maktabning 11-sinf o‘quvchisi M.A. futbol darvozasi to‘sini qulashi oqibatida vafot etdi.

“Kun.uz” nashrining Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovga tayanib xabar qilishicha, hodisa 2024-yil 27-sentyabr kuni soat 21:00-22:00 larda ro‘y bergan.

17 yoshli o‘smir sinfdoshlari bilan futbol o‘ynagani borgan. O‘yin tugagandan so‘ng stadion darvozasi to‘siniga osilgan M.A. muvozanatini yo‘qotib yiqilib tushgan. Shu paytda darvoza qulab uni bosib qolgan.

Sinfdoshlar darhol "tez yordam"ga qo‘ng‘iroq qilishgan. "Tez yordam" mashinasi 40 daqiqada yetib kelgani, og‘ir jarohatlangan o‘smirning joni yo‘lda uzilgani aytilmoqda.

Olmazor tumani prokuraturasi holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlagan.

Bu Toshkentda o‘quvchilarning sport maydonida baxtsiz hodisa tufayli vafot etishi bilan bog‘liq ilk hodisa emas. 2023-yilning 27-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 99-sonli umumta’lim maktabi 8-sinf o‘quvchisi A.A. maktab sport maydonida tok urishi oqibatida hayotdan bevaqt ko‘z yumgandi.

O‘tgan yilning 6-oktyabrida esa Yunusobod tumanidagi 259-sonli umumta’lim maktabning 6-sinf o‘quvchisi M.S. jismoniy tarbiya darsida ko‘krak qafasiga koptok tegishi natijasida vafot etgandi.

XS
SM
MD
LG