Линклар

Шошилинч хабар
13 декабр 2024, Тошкент вақти: 11:36

Toshkentliklarga havo iflosligi sabab niqob taqish tavsiya etildi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Uchinchi noyabrga o‘tar kechasi Toshkent shahri havosida zaharli zarrachalar miqdori 780 mkg/m3 darajagacha oshgan.

QAir platformasi xavfli darajada yuqori ifloslanish cabab aholiga ko‘chaga niqobsiz chiqmaslikni tavsiya qilgan.

Kun.uz nashrining yozishicha, ifloslanishning asosiy sababi bo‘lmish PM2,5 zarrachasi JSST tasdiqlagan me’yordan 93,2 barobardan ortib ketgan.

Xalqaro IQAir ko‘rsatkichlari O‘zbekiston poytaxtida havo sifati “o‘ta yomon” bo‘lganini qayd etgan.

Shahardagi 32 ta stansiya havoda zaharli zarrachalar me’yordan bir necha barobar oshganini ko‘rsatgan.

Havo sifati ifloslanish holati va manbasi haqida na Ekologiya vazirligi, na “O‘zgidromet” xizmati ma’lumot bergan.

O‘zbekiston poytaxti kuz-qish mavsumida dunyo shaharlari orasida havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha bir necha marta birinchi o‘rinda qayd etilgan.

Jahon banki hisobotiga qaraganda, Toshkentda PM2,5 mayda zarrali changlar ta’siri oqibatida yiliga o‘rtacha 3042 kishi bevaqt vafot etadi.

XS
SM
MD
LG