Линклар

Шошилинч хабар
15 феврал 2025, Тошкент вақти: 11:33

Tramp “Rossiya tovarlarining barchasiga” soliq, boj va sanksiya kiritish bilan tahdid qildi


AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya Qo‘shma Shtatlar va boshqa “[sanksiya choralariga] rozi mamlakatlar” bilan savdo qiladigan tovarlarning barchasiga soliq, boj va sanksiyalar joriy qilishga tayyorligini bildirdi. Tramp, agar Moskva Ukrainada tinchlik bitimi tuzishdan bosh tortsa, cheklovlar joriy qilishni va’da qildi.

Donald Tramp Truth ijtimoiy tarmog‘ida urushni yakunlash taklifi Rossiyaga va uning prezidenti Vladimir Putinga “katta iltifot” bo‘lishi haqida yozgan.

“Hozir o‘zaro kelishib, bu bema’ni urushni to‘xtating! U [buning buyog‘iga] faqat yomon tomonga qarab ketadi”, deya bildirgan u.

Tramp Putin bilan doim yaxshi munosabatda bo‘lganini qayd etgan.

“Biz Rossiya qariyb 60 million qurbon bergan holda, Ikkinchi jahon urushida g‘olib kelishimizga yordam berganini hech qachon unutmasligimiz kerak”, deya bildirgan u.

Ikkinchi jahon urushi chog‘ida Sovet Ittifoqi tomonidan urushda qurbon berilganlar rasman 27 million kishi o‘laroq ko‘rsatilgan, ayni paytda tarixchilarning maqolalarida boshqa raqamlar ham keltiriladi.

AQSH prezidentiga ko‘ra, hozirda Rossiya iqtisodiyoti sinish arafasida turibdi.

Keling, bu urushni to‘xtatamiz − agar men prezident bo‘lganimda bu urush hech qachon boshlanmagan bo‘lardi! Biz bu ishni oson yoki qiyin yo‘l bilan amalga oshirishimiz mumkin — oson yo‘ldan yurish doim yaxshiroqdir”, deya xulosa qilgan AQSH prezidenti.

Saylovoldi kampaniyasi chog‘ida Tramp Ukrainada “bir kecha-kunduz”da Ukrainada tinchlikka erishishni va’da qilgan edi. Prezidentlik lavozimiga kirishganidan bir necha soat o‘tgach, muxbirlar savoliga javob berarkan, Donald Tramp muzokaralardan bosh tortish bilan Putin Rossiyani xonavayron qilayotgani haqida bildirgan. Moskva tinchlikka erishish bo‘yicha muzokaralarga tayyor ekanini aytmoqda.

XS
SM
MD
LG