Линклар

Шошилинч хабар
05 октябр 2024, Тошкент вақти: 20:14

Turkiya poytaxtida Alisher Navoiy haykali ochildi


Anqarada o‘rnatilgan Alisher Navoiy haykali (O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi fotosi)
Anqarada o‘rnatilgan Alisher Navoiy haykali (O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi fotosi)

O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi arafasida Turkiya poytaxti Anqara shahrida buyuk mutafakkir Nizomiddin Mir Alisher Navoiy haykalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

“Dunyo” axborot agentligi qaydicha, O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi va Anqaraning Kechio‘ren tumani tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur tadbirda Turkiya Tashqi ishlari vazirligi, TURKSO‘Y tashkiloti, Anqara shahri va tumanlari hokimliklari vakillari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, navoiyshunos va tilshunos olimlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etgan.

Tadbirda nutq so‘zlagan O‘zbekiston elchisi Alisher A’zamxo‘jayev Anqarada Alisher Navoiy haykalining o‘rnatilishida hissa qo‘shgan Kechio‘ren tumani hokimligi hamda Bashkent universitetining Alisher Navoiy tadqiqot markazi rahbari Abdurahmon Go‘zalga alohida minnatdorlik bildirgan.

O‘zbekiston xorijida o‘rnatilgan Alisher Navoiy haykallarining so‘nggisi o‘tgan oyda Qozog‘iston poytaxtida Ostona shahrida ochilgan edi. Bungacha Navoiy haykali Moskva, Dushanbe, Tokio, Minsk, Shanxay, Seul, Boku va O‘sh shaharlarida o‘rnatilgan.

XS
SM
MD
LG