Линклар

Шошилинч хабар
13 декабр 2024, Тошкент вақти: 11:52

Turkiyalik eksportyorlarga Rossiyaga AQSH mahsulotini sotish taqiqlandi


Туркия президенти Ражаб Тоййиб Эрдўғон ва АҚШ президенти Жо Байден (архив сурати)
Туркия президенти Ражаб Тоййиб Эрдўғон ва АҚШ президенти Жо Байден (архив сурати)

Turkiya rasmiy e’lonsiz o‘z eksportyorlariga AQSHda harbiy maqsadlar uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Rossiyaga sotishni taqiqlab qo‘ydi. Bu Vashington g‘arb sanksiyalariga qo‘shilmagan va Rossiya-Ukraina urushida betaraflikka rioya qilishga urinayotgan Anqaraga Rossiya harbiy-sanoat majmuasini dastaklagani uchun jazo choralari bilan tahdid qilgani ortidan sodir bo‘ldi.

So‘nggi haftalarda Turkiya rasmiylari milliy elektron bojxona tizimiga o‘zgartishlar kiritishdi. Bu haqda Britaniya nashri bo‘lgan Financial Times (FT) bir necha manbadan olingan ma’lumotlarga tayangan holda xabar qildi.

Turk eksportyorlariga endilikda AQSH mahsuloti bo‘lgan “yuksak ahamiyatga ega ellikta tovar”ni Rossiyaga yetkazib berish taqiqlangan. Ro‘yxat AQSH, YI, Buyuk Britaniya va Yaponiyadan bo‘lgan harbiy mutaxassislar tomonidan tuzilgan bo‘lib, ular Rossiya harbiy sanoati qiziqayotgan mahsulotlar ro‘yxatini shakllantirishgan.

Bu yerda gap raketa va dronlar, masofadan turib boshqariladigan tizimlar, dastgohlar va boshqa jihozlardagi elektronika, protsessorlar, xotira kartalari haqida borayotgan bo‘lib, ular qurol-aslaha ishlab chiqarishda zarur ehtiyot qismlar bo‘lib hisoblanadi.

Avvalroq YIdan bu kabi tovarlarni yetkazib berish taqiqlangan edi, deya bildirgan FTning ikki manbasi. Manbalardan biriga ko‘ra, joriy etilgan cheklovlar haqida ochiq e’lon qilinmayapti, chunki bu “siyosiy jihatdan nozik” masaladir.

Amerika ilg‘or texnologiyasining Qo‘shma Shtatlar dushmanlari qo‘liga tushishiga yo‘l qo‘ymaslikka urinayotgan AQSH savdo vazirining yordamchisi Metyu Akselrod avgust oyida Anqara va Istanbulda turkiyalik mulozimlar va top-menejerlar bilan uchrashgan. Akselrod, agar Turkiya bunday mahsulotlarning Rossiyaga yetkazib berilishini to‘xtatmasa, turkiyaliklar yoqimsiz “oqibatlar”ga duch kelishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Ukrainada keng ko‘lamli urush boshlanguniga qadar Turkiya Rossiyaga oyiga taqriban 3 million dollarlik yuksak ahamiyatga ega tovar ekspor qilib kelgan, biroq 2022-yil dekabriga kelib, Turkiya statistika tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, bu hajm oyiga 37,6 million dollargacha oshib ketgan. AQSH tomonidan ikkilamchi sanksiyalar e’lon qilinishidan sal avvalroq bu miqdor 26,5 million dollarni, 2024-yil iyulida esa bor-yo‘g‘i 4,5 million dollarni tashkil qilgan.

XS
SM
MD
LG