Линклар

Шошилинч хабар
04 октябр 2024, Тошкент вақти: 01:14

Turkmanistonda bolalarni paxta terimiga jalb qilish taqiqlandi


Arxiv surati
Arxiv surati

Turkmanistonda 18 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarning paxta terimida ishtirok etishini taqiqlovchi qonun kuchga kirdi.

Turkmanistondagi hukumat onlayn nashrlari xabariga ko‘ra, mamlakat Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi qarori asosida o‘smirlar uchun taqiqlangan kasblar ro‘yxatiga yana ikki kasb – “Paxta terimchisi” va “Paxtakor” qo‘shilgan.

Xabarda yangi qaror Turkmaniston Adliya vazirligida qayddan o‘tgani, uning ijrosi ustidan nazorat esa mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirining o‘rinbosari zimmasiga yuklatilgani aytilgan.

Dunyoda paxta yetishtiruvchi o‘nta yirik mamlakatdan biri bo‘lgan Turkmaniston hukumati paxta yetishtirishda majburiy mehnatdan foydalangani uchun ko‘p yillardan buyon xalqaro inson huquqlari guruhlari tomonidan tanqid qilib kelinadi.

AQSH Davlat departamenti tomonidan yoyinlangan odam savdosi bo‘yicha 2024-yilgi hisobotning “Turkmaniston” bo‘limida turkman hukumati har yili kattalar va bolalarni paxta terimiga jalb qilish hamda aholini ijtimoiy tadbirlar va boshqa faoliyat turlarida ishtirok etishga majburlash orqali majburiy mehnat amaliyotini davom ettirayotgani qayd etilgan.

XS
SM
MD
LG