Шошилинч хабар
17 Noyabr 2026, Toşkent vaqti: 05:00

Toşkentda muşuk, it va quşlarning ommaviy nobud bölgani xabar qilindi

Toşkent şahri Çilonzor tumanining 26-mavzesi aholisi boshpanasiz muşuklar, itlar va quşlar ommaviy nobud bölganini ma’lum qildi. Jonivorlar qasddan zaharlangan bölişi mumkin, biroq bu taxmin hozirça rasman tasdiqlanmagan. Aholi vakolatli idoralardan holatni tekşirib, uning sabablarini aniqlaşni talab qilmoqda.

Voqea haqida 16-noyabr kuni Podrobno.uz sayti Animal Life in Uzbekistan Telegram-kanalidagi xabarga tayanib yozdi. Hayvonlar himoyaçilarining ma’lumotiga köra, ertalab mavze aholisi hovlilarda nobud bölgan jonivorlar va quşlarni topa boşlagan.

Murojaat mualliflari bunga atrofga taşlab ketilgan zaharli yemiş sabab bölgan bölişi mumkinligidan xavotirda. Agar bu taxmin tasdiqlansa, nafaqat boshpanasiz hayvonlar, balki uy hayvonlari hamda hovlilarda öynayotgan bolalar ham xavf ostida qolişi mumkin.

Hayvonlar himoyaçilari içki işlar organlari va mas’ul xizmatlarni tekşiruv ötkazişga, jonivorlar ölimiga nima sabab bölganini aniqlaşga va ehtimoliy aybdorlarni topişga çaqirdi. Ular, şuningdek, boshpanasiz hayvonlar soni bilan boğliq muammoni qonuniy va insonparvar usullarda hal qiliş zarurligini, ularning ommaviy nobud bölişiga yöl qöyib bölmasligini ta’kidladi.

Podrobno.uz ma’lumotiga köra, xabar e’lon qilingan paytda davlat idoralari rasmiy izoh bermagan.

Toşkent va uning atrofida boshpanasiz hayvonlarning ommaviy nobud bölişi avval ham jamoatçilikda keng aks sado bergan. 2026-yil mart oyida Toşkent viloyatining Zafarobod aholi punkti yaşovçilari qariyb 30 ta it nobud bölgani haqida xabar bergan edi. Ularning köpçiligi köngillilar qaramoğida bölgan.

Öşanda tuman hokimiyati voqea yuzasidan boşqaça ma’lumot bergan. Qibray tumani hokimiyatining bildirişiça, aholi murojaatidan söng 26-mart kuni tuman içki işlar bölimi va veterinariya xizmati xodimlari voqea joyiga çiqqan. Ular beşta ölgan itni topgan. Dastlabki taxminga köra, itlarning ölimiga taşlab ketilgan baliq çiqindilari sabab bölgan. Rasmiylarning bildirişiça, zaharli moddalar topilmagan. Xabar qilinişiça, jonivorlarning jasadlari öşa kuniyoq utilizatsiyaga yuborilgan.

​
XS
SM
MD
LG