Шошилинч хабар
20 Noyabr 2026, Toşkent vaqti: 00:27

J.Koreyada 16 oy qamoq: özbekistonlik terrorizmni moliyalashtirishda aybdor bed topildi

Seul sudi Özbekiston fuqarosini Suriyada faoliyat yuritayotgan “Katiba at-Tavhid val-Jihod” (KTJ) guruhiga pul ötkazgani uchun 16 oyga ozodlikdan mahrum etdi. Bu haqda Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi xabar berdi.

Erkak terrorizmga qarshi kurash töğrisidagi qonunni buzganlikda aybdor deb topildi. Agentlik ma’lumotiga köra, u 2024-yil yanvaridan 2025-yil yanvarigacha guruh hisob raqamiga olti marta pul ötkazib, jami 1,25 million Janubiy Koreya voni (900 dollardan ortiq) yuborgan. Sud unga shu miqdordagi mablağni tölash majburiyatini ham yukladi.

Yonhap ma’lumotiga köra, özbekistonlik Janubiy Koreyaga universitet qoshidagi til markazida öqish uchun D-4-1 toifasidagi talaba vizasi bilan kelgan. U Janubiy Koreyada bölgan paytda KTJ a’zolaridan biri u bilan boğlangan.

Ish materiallariga köra, erkak pul terrorizmni moliyalashtirishga möljallanganini bilgan va guruh a’zosiga yordam bermoqchi bölgan. Sud, shuningdek, u KTJ vakilining körsatmasiga binoan Suriyaga yuborish uchun Janubiy Koreyadagi boshqa bir shaxsdan pul olishga uringanini aniqladi. Biroq u pulni ötkaza olmagan. Sud buni guruhga qöshimcha moliyaviy yordam körsatishga urinish deb baholadi.

2026-yil sentabrida Janubiy Koreyada yana tört nafar Özbekiston fuqarosi ayni shu guruhga yordam berganlikda gumon qilinib ushlangan. Janubiy Koreya politsiyasi ma’lumotiga köra, asosiy gumonlanuvchi KTJga qariyb 4,6 ming dollarlik kriptovalyuta yuborgan. Shuningdek, u guruhdan olgan mablağga umumiy qiymati qariyb 124,5 ming dollar bölgan 11 ta ishlatilgan avtomobil va ikkita ekskavator sotib olgan. Tergovga köra, bu texnika keyinchalik Suriyaga jönatilgan.

Qolgan uch nafar Özbekiston fuqarosi unga avtomobillarni topish va sotib olishda yordam berganlikda gumon qilingan. Xabar e’lon qilingan paytda ularga nisbatan tergov davom etayotgan, uchalasi ham ozodlikda bölgan.

KTJ 2022-yil martida BMT Xavfsizlik kengashining sanksiyalar röyxatiga kiritilgan. AQSh Davlat departamenti ham 2016-yilda guruhni global terrorchilik tashkiloti deb tan olgan. Guruh Suriyadagi hujumlar, 2016-yilda Bishkekdagi Xitoy elchixonasi yonida yuz bergan portlash va 2017-yilda Sankt-Peterburg metrosida sodir etilgan terakt bilan boğlanadi.

​
XS
SM
MD
LG