Xitoyda AQSH importiga javob boji joriy etilib, Qo‘shma Shtatlar Google korporatsiyasining Xitoy bozoridagi ishi bo‘yicha tekshiruv boshlandi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar qildi.
Ko‘mir va suyultirilgan gaz olib kirilgani uchun 15 foiz, xom neft, qishloq xo‘jaligi texnikasi va kuchli dvigatelli avtomobillar importi uchun 10 foiz miqdorida boj to‘lovi belgilanmoqda. Mazkur to‘lovlar 10-fevraldan joriy etiladi.
Shuningdek, Xitoy yuqori texnologiyalik ishlab chiqarish uchun muhim bo‘lgan minerallar − volfram, tellur, vismut, molibden va indiy eksporti ustidan nazoratni kuchaytirmoqda. Ularning ko‘pi AQSHda mamlakat iqtisodiy va milliy xavfsizligi uchun o‘ta muhim deb hisoblanadi.
Bundan tashqari, Xitoy rasmiylari aksilmonopoliyaga oid qonunbuzarlik gumoni bilan Google'ga nisbatan tekshiruv o‘tkazilishini ochiqlashgan. Shu bilan birga, Pekin vakillari AQSHning ikki sharkati Calvin Klein va Tommy Hilfiger kiyim-kechak brendiga ega bo‘lgan PVH Group hamda Xitoyda ofislari bo‘lgan Illumina biotexnologik firmasiga nisbatan sanksiyalar joriy etishgan.
To‘rtinchi fevraldan boshlab Xitoydan AQSHga import uchun 10 foizlik boj to‘lovi kuchga kirdi.
Donald Tramp ma’muriyati tomonidan Meksika va Kanada importiga qarshi kiritilishi rejalangan yangi tariflar AQSH prezidenti bilan bu ikki mamlakat rahbarlarining suhbatlaridan keyin bir oyga kechiktirilgan.