Линклар

Шошилинч хабар
25 январ 2025, Тошкент вақти: 01:43

Yangi Toshkentda Sankt-Peterburg mavzesi quriladi


Yangi Toshkent loyihasi
Yangi Toshkent loyihasi

Toshkent viloyati hududida qurilayotgan Yangi Toshkent tumanida Sankt-Peterburg mavzesi ham barpo etiladi, deya ma’lum qildi Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo-tijorat vakolatxonasi.

O‘zbekiston va Rossiya vakolatli idoralari imzolagan memorandumga muvofiq, yangi kvartalning arxitektura loyihasini sankt-peterburglik mutaxassislar ishlab chiqadi.

Qalampir.uz nashri joriy yil 26-27-may kunlari bo‘lib o‘tgan Rossiya va O‘zbekiston rasmiylari uchrashuvida prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent ko‘chalaridan birini Sankt-Peterburg sharafiga nomlashni taklif etganini eslatgan.

Yangi Toshkent poytaxtning janubi-sharqida, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlariga tegishli hududda qurilmoqda. Tumanning birinchi yashash va infratuzilma obyektlarini qurish ishlari joriy yil aprel oyida boshlangan. Asosiy obyektlar qurilishini 2045-yilda yakunlash rejalashtirilgan.

Ozodlik avvalroq poytaxtdagi ijroiya hokimiyati organlari 20 ming gektarni egallaydigan Yangi Toshkent tumani hududiga ko‘chirilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar qilgandi.

XS
SM
MD
LG