Линклар

Шошилинч хабар
25 январ 2025, Тошкент вақти: 00:26

Yangi Toshkentda vazirliklar uchun muvaqqat binolar qurilyapti


Yangi Toshkent loyihasi
Yangi Toshkent loyihasi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-dekabr kuni Yangi Toshkent vazirlik va idoralar ishini tashkil etish uchun qurilayotgan vaqtinchalik ma’muriy binolar bilan tanishdi.

Hozir yengil konstruksiyalardan 4 ta bino va yordamchi inshootlar barpo etilgan. Bunda to‘liq mahalliy qurilish materiallaridan foydalanilgan. Ofislar “open space” uslubida bo‘lib, har birida 250 nafargacha xodim faoliyat yuritishi mumkin”, deyilgan prezident matbuot xizmati xabarnomasida.

Qayd etilishicha, muvaqqat binolar vazirlik va idoralar ishini bosqichma-bosqich shu yerda tashkillashtirish imkonini beradi va Toshkentdagi tirbandlikni kamaytirishga xizmat qiladi.

Rasmiy axborotda qaysi vazirliklar, qay muddatdan boshlab Yangi Toshkentga ko‘chirilishi ochiqlanmagan.

Prezident Mirziyoyev avvalroq Yangi Toshkent “yashil shahar” bo‘lishini aytgan edi. Rejaga muvofiq, “Toshkentning yashil belbog‘i” loyihasi shu yerdan boshlanadi. 420 gektar maydonda Markaziy bog‘ barpo etilib, 200 ming tup daraxt ekiladi.

Buning uchun ish hozirdan boshlanib, 50 gektar maydonda ko‘chatxona tashkil etilgani, issiqxona, qozonxona, ko‘chatlarni saqlash va sug‘orish tizimlari barpo etilgani bildirilgan.

Yangi Toshkent poytaxtning janubi-sharqida, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlariga tegishli hududda qurilmoqda. Tumanning birinchi yashash va infratuzilma obyektlarini qurish ishlari joriy yil aprel oyida boshlangan. Asosiy obyektlar qurilishini 2045-yilda yakunlash rejalashtirilgan.

Ozodlik avvalroq poytaxtdagi ijroiya hokimiyati organlari 20 ming gektarni egallaydigan Yangi Toshkent tumani hududiga ko‘chirilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar qilgan edi.

XS
SM
MD
LG