Линклар

Шошилинч хабар
14 сентябр 2024, Тошкент вақти: 23:28

Yil oxiriga borib Rossiyada 130 ming taksichi yetishmaydi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Rossiyada taksi haydovchilari tanqisligi 2024-yil oxiriga borib 130 ming kishini tashkil qiladi. Bu haqda “Yandeks Go”ning davlat idoralari bilan ishlash bo‘yicha direktori Anton Petrakov Sharqiy iqtisodiy forum chog‘ida bildirdi.

Unga ko‘ra, bu migratsiya siyosatining kuchaytirilgani va taksi sohasida tartibga solishlar bilan bog‘liq.

Haydovchilar daromadi o‘z daromadlariga teng, biroq talab va xarajat kam bo‘lgan boshqa sohalarga o‘tib ketishmoqda”, degan Petrakov.

Haydovchilar yetishmayotgani taksida yo‘lkira haqlari oshishiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Kuz va qish oylarida tig‘iz soatlarda narxlar, Petrakovning urg‘ulashicha, “o‘nlab foizgacha” oshib ketishi mumkin.

Avvalroq “Agentlik” nashri Rossiyadagi mintaqalarning uchdan birida hamda Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimda migrantlarning ayrim sohalaridagi faoliyatiga cheklov kiritilishi mumkinligi haqida yozib chiqqan edi. Migrantlarga eng ko‘p taksida ishlash taqiqlanmoqda – bunday ta’qiq RFning 27 ta mintaqasida amalda.

Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Xoll” savdo markazidagi terakt ortidan Rossiyada migrantlarga nisbatan ksenofobik kayfiyatlar kuchayib ketgan. Rasmiy taxminlarga ko‘ra, bu terakt Tojikiston fuqarolari tomonidan sodir etilgan.

Rossiyaning turli mintaqalarida huquq-tartibotchilar xorijlik ishchilar yashagan va ishlagan joylar bo‘ylab reydlar uyushtira boshlashgan. Ba’zi paytlarda migrantlarni harbiy komissariatlarda qayddan o‘tkazish holatlari kuzatilgan.

2024-yil boshidan buyon Ichki ishlar vazirligi xodimlari 65 mingdan ziyod xorijlikni Rossiyadan chiqarib yuborishgan, shuningdek, 120 ming migrantning RF hududiga kirishiga to‘sqinlik qilishgan. Bu orada Rossiyada kadrlar yetishmasligi manzarasida migrantlar oqimi so‘nggi 10 yil ichida eng past darajaga tushgan.

XS
SM
MD
LG