Линклар

Шошилинч хабар
25 январ 2025, Тошкент вақти: 02:00

Zelenskiy: Rossiya bilan muzokaralarda NATO va YI ishtirok etishi lozim


Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevropa kengashi raisi Antoniu Koshta bilan, Kiyev, 2024-yil 1-dekabri
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevropa kengashi raisi Antoniu Koshta bilan, Kiyev, 2024-yil 1-dekabri

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan muhtamal muzokaralarda NATO va Yevropa Ittifoqi vakillari ishtirok etishlari lozimligini bildirdi.

Kiyevga rasmiy tashrif bilan kelgan Yevropa kengashi raisi Antoniu Koshta bilan birgalikda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Zelenskiy: “Muzokara stoli atrofida kimlar bo‘ladi? Rossiya, Ukraina va aytganimdek, Yevropa Ittifoqi va NATO. Chunki biz o‘zimizni bu ittifoqlar xavfsizlik tizimining bir qismi o‘laroq ko‘ramiz. Bu formatda men nimalar haqida kelishuvga erishishimiz mumkinligini tushunaman”, deya qayd etdi.

Ayni paytda Ukraina prezidenti urushni “Ukraina uchun kuchli mavqe”siz muzlatib qo‘yishga qarshi ekanini ta’kidladi. Chunki, uning fikricha, aks holda bir necha yildan keyin Putin “yana ortga qaytib, Ukrainani butunlay vayron qiladi”. “Kuchli mavqe” deganda Zelenskiy NATO va Yevropa Ittifoqidan xavfsizlik kafolati berilishini nazarda tutmoqda.

Shuningdek, Ukraina prezidenti yana bir bor Kiyev Rossiya tomonidan o‘z hududlari ishg‘ol etilganini yuridik jihatdan hech qachon tan olmasligini bildirdi.

Bu yer bizning yerimiz, bu odamlar bizning odamlarimiz. U joylar Ukrainaning vaqtincha ishg‘ol etilgan qismi, xolos. Shubhasizki, ularning hammasi qaytadi. Biz bu joylarning aksariyati diplomatik yo‘llar bilan qaytishini juda istardik”, dedi Zelenskiy.

Ukraina bilan Rossiya o‘rtasidagi muhtamal muzokaralar mavzusi so‘nggi paytlarda dunyodagi siyosiy doiralar va OAVda tez-tez muhokama qilinmoqda. Kreml vakillari o‘zlari ilgari surayotgan shartlar asosida tinchlik bitimi tuzishga tayyor ekanlarini bildirishgan. Bu shartlar orasida Ukrainaning besh viloyatini (hatto hozirda Ukraina Qurolli kuchlari nazorati ostida bo‘lgan qismlarini ham) Rossiyaniki deb tan olish kabi moddalar bor. Kiyev bu shartlarni “mutlaqo nomaqbul” deb hisoblaydi.

XS
SM
MD
LG