1 dekabr - umumjahon OITSga qarshi kurash kun

OITSga qarshi kurash belgisi

Bugun 1 dekabr. Qishning birinchi kuni. Dunyo kalendarida bu kun umumjahon OITSga qarshi kun deb belgilangan.

OITS (Orttirilgan Imunitet Tanqisligi Sindromi) — davolanilmagan taqdirda 'OIV' (Odam Imunitet-tanqisligi virusi)ning imunitetni ishdan chiqishiga yo'l ochgan bir sindormdir. OITS rus tilida SPID, ingliz tilida AIDS deb tomlanadi.
Umumjahon OITSga qarshi kun har yili 1 dekabr kuni dunyo bo'ylab nishonlanadi. Bundan maqsad insonlarning OITS/OIV haqida ma'lumotini oshirish va unga qarshi kurashga undashdir.

BMTning statistikasiga asoslanadigan bo'lsak, OITS bugungi kungacha 30 millionga yaqin insonning umriga zomin bo'lgan. Ulardan 300 minga yaqini yosh bolalar.

Umumjahon OITSga qarshi kurash kunida odatan dunyoning har chetida xayriyaviy tadbirlar, konsertlar va hukumat vakillarining va nusuzli insonlarning chiqishlari uyushtiriladi.

VIDEO: Bizning mobil muxibrlarimizdan biri bizga Chexiya poytaxti Praga shahrida uyushtirilgan hayriya konsertidan video lavha jo'natdi.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

1 dekabr umumjahon OITSga qarshi kurash kuni



PS. Siz ham mobil muxbir bo'lishni istaysizmi? Unda biz bilan email orqali bo'glaning. Bizning email: yoshtolqin@gmail.com. Yozing, biz albatta javob beramiz!