Soyuz kosmik kapsulasi Qozog‘istonga qo‘ndi

Bortida bir astronavt va ikki kosmonavt bilan Soyuz TMA-04M kapsulasi 17 sentabr kuni ertalab Qozog'iston shimolida joylashgan Arqalik shahri yaqinidagi dashtga qo'ndi.

Xalqaro kosmik stantsiyasi jamoasi a'zolari (chapdan) amerikalik Jozef Akaba, rossiyalik Gennadiy Padalka va uning yurtdoshi Sergey Revinlar Soyuz TMA-04M kapsulasi ichida.

Kosmonavtlarni Soyuz TMA-04M kapsulasidan chiqarib olish jarayonini jurnalistlar odatdagiday yaqindan kuzatib borishdi.

Astronavt Jozef Akaba hol-ahvoli haqidagi savolga bosh barmog'ini yuqori ko'tarib javob qaytarmoqda.

Kapsuladan endigina chiqqan kosmonavt Sergey Revin qutqaruv xizmati xodimlari yordamida olib ketilmoqda.

Astronav Josef Akaba yerga eson-omon qo'nganidan mamnunligini bildirar ekan "uyqa qaytish naqadar yaxshi" ekanini aytib o'tdi.

Soyuz TMA-04M triosi qo'ngandan so'ng dam olmoqda. Komnonavtlar skafandrlaridagi termo-regulyatorlar kapsula tashqarisida ishlamagani bois yerda ularga issiq choy va yopinchiqlar beriladi.

Kosmonavt Gennadiy Padalka Siolkovskiy nomidagi muzeyga yuboriladigan Soyuz kapsulasi bortida o'z imzosini qoldirmoqda.

Qozog'istonning Qo'stanay shahri Soyuz jamoasini gullar bilan kutib oldi.