Bishkek markazida bir ayol o‘ziga o‘t qo‘ydi

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

31 yanvar kuni Qirg‘iziston parlamenti binosi oldida Jiparqan O‘murova ismli ayol o‘g‘lining nohaq qamalganiga norozilik bildirib, o‘ziga-o‘zi o‘t qo‘ydi. O‘murovaning o‘g‘li birovni guruh bo‘lib do‘pposlashda qatnashganlikda ayblangan. Uning iddao qilishicha, Norin shahar sudi uni dalillar yo‘qligi tufayli oqlaganiga qaramasdan, viloyat sudi 13 yilga qamagan.