O‘zbekcha Vikipediyada bugun “So‘nggi qo‘ng‘iroq”, ertaga yozgi ta‘til!
O‘z oldiga O‘zbekcha Vikipediyani, ya‘ni Ilmni targ‘ib qilishni maqsad qilib qo‘ygan OzodWiki eshittirishining “o‘quv yili” bor-yo‘g‘i 4 oygina davom etdi. Shu qisqa vaqt davomida u katta ishni amalga oshirdi: O‘zbekcha Vikipediyaga tashriflar soni joriy yil yanvariga qiyoslaganda aprelda 7 baravarga ortdi. Ya‘ni yanvarda, hali OzodWiki eshittirishlari boshlanmay turib, O‘zbekcha Vikipediyaga 20 368 kishi kirgan bo‘lsa, aprelda bu ko‘rsatkich 136 592 nafarni tashkil etdi.
Qiyoslash uchun yana bir raqam: 2013 yilning aprelida O‘zbekcha Vikipediyaga 12 134 kishi kirgan edi, xolos.
Shuning uchun O‘zbekcha Vikipediyaning shu ikki tadbir to‘g‘risidagi maqolalarini havola qilmoqchimiz.
Tanishayotganingiz eshittirish OzodWikining ham o‘ziga xos “so‘nggi qo‘ng‘irog‘i”dir.
U ham ta‘tilga chiqmoqda.
Balki eshittirishimiz Yangi o‘quv yilidan boshlab yana ish boshlar, hozircha bir narsa deyish qiyin.
Hozircha esa, 4 oylik faoliyatimizning hisoboti bilan tanishtirmoqchimizki, u mana bu ko‘rsatkichlarda aks etgan.
Bosh sahifaga tashriflar soni:
2014
2013
Yanvar
20,368
31,751
Fevral
21,022
49,571
Mart
56,274
20,403
Aprel
136,592
12,134
May
65,465
15,234
OzodWikining 4 oylik faoliyati natijalari to‘g‘risida Wiki-ekspertimiz Nodir Otayev bilan suhbatlashdik.
Quyida ana o‘sha suhbatni tinglang.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
Nodir Otayev bilan suhbat
OzodWikining Wiki-eksperti Nodir Otayevning gitara chalish bo‘yicha Internet dasrlari ham borki, o‘sha darslardan bugungi mavzuga oid sonini e‘tiboringizga havola qilmoqchimiz.