O‘zbekistonlik Bahriddin Chustiy va Zabihullo Toirov milliy oziq-ovqat mahsulotlaridan O‘zbekistonning eng katta xaritasini yaratdi. Bu haqda o‘zbek mahalliy nashrlari xabar tarqatdi.
Xabarda aytilishicha, rekordlarni ro‘yxatga oluvchi xalqaro “Interrekord” agentligi mazkur xaritani o‘z ro‘yxatiga kiritgan.
Xaritaning uzunligi 6 metr, eni 3 metr. Xarita Toshkentdagi “Samarqand darvoza” savdo markazida ko‘rgazmaga qo‘yilgan.
Xarita 20ta milliy oziq-ovqat turlaridan, jumladan, devzira, holva, mosh, qazi, somsa, mayiz, novvot kabi mahsulotlardan yasalgan.