Toshkentdagi Coca-Cola zavodi may ohiridan faoliyatini qayta boshlaydi.
Zavod mulozimlaridan birining Ozodlikka aytishicha, 25 may kunidan zavod to‘liq quvvat bilan ishlashi kutilmoqda.
Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, LTD shirkatining Bektemirda joylashgan megazavodi va boshqa tsexlarida Coca-Cola ichimligi ishlab chiqarish to‘xtab qolgan.
Natijada, bozorlarda ichimlik narxi oshdi va peshtaxtalardan qariyb g‘oyib bo‘lgan edi.
Zavod mulozimi profilaktika sabab zavod to‘xtaganini bildirgan.