Rossiya yetti yil ichida Markaziy Osiyoga qariyb 7 milliard dollarlik yordam ajratgan

Rossiya Federatsiyasining Toshkentdagi elchixonasi e’lon qilgan bayonotga ko‘ra¸ 2008-2015 yillar davomida Rossiya Markaziy Osiyo davlatlariga 6¸7 milliard dollarlik yordam ajratgan.

Elchixona bayonotida aytilishicha¸ ikki tomonlama asosda berilgan “beg‘araz” moliyaviy yordam miqdori 4 milliard dollarni¸ BMT vositasida berilgan yordam miqdori 570 million dollar¸ Jahon banki va boshqa tizimlar orqali berilgan ërdam 1¸3 milliard dollarni va Yevropa moliya institutlari orqali ajratilgan ko‘mak 592 million dollarni tashkil etadi.

Aytilishicha¸ Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolaridan 150 ming nafari Rossiya oliy o‘quv yurtlarida tahsil olmoqda¸ ulardan 46 ming nafariga davlat byudjetidan yordam ko‘rsatilmoqda.

Ayni paytda¸ Rossiyaning mintaqaga yotqizgan sarmoyalari miqdori 2015 yil oxiriga kelib¸ 18 milliard dollarni tashkil etgan.