Toshkentda konditsionerli bekatlarni barpo etish tadbirkorlar zimmasiga yuklanishi mumkin

Joriy yil yozida Toshkentning markaziy tumanlarida taxminan 15ta konditsioner o‘rnatilgan yopiq tipdagi bekatlar paydo bo‘ladi.

O‘zbekistondagi mahalliy nashrlarning yozishicha, bekatlar Bobur, Nukus, Shota Rustavelli kabi ko‘chalarda barpo etiladi.

Bekatlarga konditsionerlarni o‘rnatish, ularning faoliyatini ta’minlash, bekatlarni qayta qurish tadbirkorlar hisobidan amalga oshirilishi aytilmoqda.