Toshkentlik ona: O‘g‘lim loxmachlikka ko‘nmagani uchun¸ o‘ldirishdi!

Toshkentning Chilonzor tumanida yashovchi Gulchin Abduraimova guvoh sifatida jinoiy ishga biriktirilgan o‘g‘lining¸ avvaliga nohaq sudlanib qamoqqa yuborilgani¸ ko‘p o‘tmay esa¸ Qarshi qamoqxonasidan o‘ligi kelgani bo‘yicha jiddiy tekshiruv o‘tkazilishini talab qilmoqda.

Qarshi qamog‘idan o‘ligi chiqqan chilonzorlik yigit.

Onaning o‘g‘li bilan birga qamoqda o‘tirganlar hikoyasiga asoslanib iddao qilishicha¸ 21 yashar zabardast o‘g‘lini Qarshi qamoqxonasidagi ma’murlar “loxmach” bo‘lishga majburlagan.

Onaga ko‘ra¸ o‘g‘li bunga ko‘nmagach¸ unga nisbatan turli choralar qo‘llangan va oqibatda soppa-sog‘ o‘g‘lim sanchastda rasmiy qog‘ozda yozilishicha “tushunuksiz diagnoz”dan o‘lib qolgan. Onaning Ozodlikka aytishicha¸ 2015 yilning noyabrida ro‘y bergan bu o‘lim yuzasidan jinoiy ish ochilgan¸ ammo hech kim jazolanmagan.

Adolat istayotgan ona bilan suhbatni quyida tinglashingiz mumkin:

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Qarshi qamog‘idan o‘ligi chiqqan mahbusning onasi bilan suhbat