Kamsuqum Roziqulovning hokimiyatdagi parvozi

Ulug‘bek Ro‘ziqulov

Prezident Shavkat Mirziyoev 15 dekabrdagi farmoni bilan bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan shakllantirilgan yangi hukumat tarkibini tasdiqladi.

Bu qarorga ko‘ra¸ 46 yashar Rozuqulov Ulug‘bek Ubaydullaevich yangi hukumatda bosh vazir o‘rinbosari, «O‘zavtosanoat» aksiyadordik kompaniyasi boshqaruvi raisi, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbari sifatida ishlaydi.

Rozuqulov hukumat vertikalida Bosh vazirdan keyin beshinchi o‘ringa qo‘yildi.

Bu vertikalda Ochilbay Ramatov¸ Rustam Azimov ¸ Zoir Mirzaev va G‘ulomjon Ibragimovdan keyingi o‘rinda turadigan Rozuqulov mamlakat birinchi prezidenti vafot etgan 2 sentabrdan keyin faol mulozim sifatida yangi siësiy sahnada ko‘rina boshladi.

Xususan¸ joriy yilning 4 noyabrida Rozuqulov O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasi rahbari sifatida Turkmanistonga bordi.

Ayni oyda Rozuqulov qishloq xo‘jalik texnikasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Rostselmash shirkati va Chirchiq qishloq xo‘jalik texnikasi zavodi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik haqida memorandumni O‘zbekiston nomidan imzoladi.

Shuningdek¸ Rozuqulov Janubiy Qozog‘iston viloyati hokimi Janseit Tuymebaev bilan uchrashib¸ ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalar istiqbolini muhokama qildi.

Islom Karimov o‘limiga qadar Rozuqulov ismi bunday faol tadbirlar bilan bog‘lanmagan - bu nom, asosan, o‘zbek avtosanoati tizimi bilan bog‘liq moliyaviy muammolar fonida tilga olinar edi.

GM-Uzbekistan bosh direktori Tohir Jalilov doxil bir guruh avtosanoat mulozimlari ustidan moliyaviy ayblovlar asosida jinoiy ish qo‘zg‘atilishi ortidan, O‘zbekiston avtosanoati rahbari Rozuqulov ustida ham qora bulutlar paydo bo‘lgani iddao qilingan edi.

Bu iddaolarga oydinlik kiritgan O‘zbekiston Bosh prokuraturasi joriy yil iyunida Rozuqulovnng jinoiy javobgarlikka tortilmagani haqida bayonot bergan edi.

To‘ytepa - Moskva - Toshkent

4 farzandning otasi¸ 46 yashar Ulug‘bek Ubaydullaevich Rozuqulov Toshkent viloyati, To‘ytepa shahrida oddiy o‘qituvchi oilasida tug‘ilgan. O‘rta maktabni oltin medal bilan bitirgan to‘ytepalik yigit SSSRning eng obro‘li oliygohi - Moskva davlat universitetining Iqtisod fakultetiga imtiyozli kirish imkoniga ega bo‘lgan.

Uning Moskvadagi talabaligi SSSR parchalanishi bilan bir davrga to‘g‘ri keldi. Iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramasdan universitetni tugatishga muvaffaq bo‘lgan Rozuqulov 1995 yilga qadar Moskvadagi shirkatlardan birida ishlagan

O‘zbekiston boshqaruv elitasini ichidan bilgan va Rozuqulovni shaxsan tanigan Ozodlik manbasining aytishicha, u Moskvada o‘qiganida Hayot Sharifxo‘jaev¸ (O‘zbekiston MXXsi raisining sobiq o‘rinbosari) va Zelimxon Haydarovning (O‘zbekiston prezidenti ma’muriyati boshlig‘i) katta kuyovi Ravshan bilan (hozirda marhum -tahr.) oshna-og‘aynichilik qilgan.

Aytilishicha¸ bu uchlik o‘sha paytdayoq o‘zaro biznes boshlagan va uni bir muddat hamjihatlik bilan olib borgan.

"Keyinchalik Sharifxo‘jaev ishdan olinib (2015 yil iyunida) muammolar bilan yuzma-yuz qoldi¸ Haydarovning kuyovi avtohalokatda halok bo‘ldi¸ maydonda Rozuqulovning yakka o‘zi qoldi", deya iddao qildi bu uchlikni yaqindan bilgan Ozodlik manbasi.

Oilaviy sabablar bois O‘zbekistonga qaytishga majbur bo‘lgan Rozuqulov¸ Ozodlikka ayon bo‘lishicha¸ Milliy bankda oddiy xizmatchi vazifasida ish boshlagan.

“Tashoblda tug‘ilib Moskvani bitirgan Ulug‘bek bir muddat moddiy yetishmovchilik va oilaviy mojarolar bois tushkunlik davrini boshdan kechirgan”.

O‘sha yillari Rozuqulov bilan bankda ishlagan mulozimning ismi sir qolish sharti bilan Ozodlikka hikoya qilishicha¸ “Tashoblda tug‘ilib Moskvani bitirgan Ulug‘bek bir muddat moddiy yetishmovchilik va oilaviy mojarolar bois tushkunlik davrini boshdan kechirgan”.

Suhbatdosh iddaosicha¸ aynan o‘sha kunlarda bankning kamtar mulozimi eski tanishi Ravshanni uchratib qolgan.

"Ravshan o‘zining a’lochi do‘stini munosib ishga qo‘yish uchun qaynotasining aloqalarini ishga soldi"¸ deya iddao qildi suhbatdosh.

Pirovardida¸ Ozodlik manbasiga ko‘ra¸ Ulug‘bek tezda xizmat pillapoyalaridan yuqorilay boshlagan va yana uylanib hayoti bir maromga tushgan.

"Ulug‘bek O‘zbekiston prezidenti devoni qoshidagi Davlat qurilish akademiyasida tahsil olarkan, Moskvada orttirgan yana bir do‘sti marhamatiga noyil bo‘ldi. Bu do‘stning ismi Hayot Sharifxo‘jaev edi" (O‘zbekiston MXXsi raisining 2015 yil yoziga qadar o‘rinbosari bo‘lib ishlagan general-tahr).

- Rozuqulov faqat ishni o‘ylaydigan¸ o‘zbekcha ulfatchilik va dabdababozlikdan nihoyatda uzoq odam.

Ulug‘bek Rozuqulov 1999 yili Moliya vazirligi valyuta-iqtisod departamentiga boshliq vazifasiga tayinlandi. Sal o‘tmay O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot fondiga rais bo‘ldi. 2007 yil yanvarida O‘zbekiston iqtisod vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Aynan o‘sha paytda endigina rivojlana boshlagan O‘zbekiston avtomobil sanoatini nazorat qilish ham Ulug‘bek Rozuqulov zimmasiga yuklatildi. “O‘zavtosanoat" AJ boshqaruvi raisi bo‘lib 2008 yil avgustigacha ishlagan mulozim o‘sha yilning o‘zida Bosh vazir o‘rinbosari sifatida ish boshladi.

Uni yaqindan bilgan va ismi aytilmaslik sharti bilan Ozodlikka suhbat bergan mulozimga ko‘ra¸ mamlakat avtosanoatini "besh qo‘lday biladigan" Rozuqulov o‘sha paytda Bosh vazir bo‘lgan Shavkat Mirziyoevning ishonchini qozongan:

- Rozuqulov faqat ishni o‘ylaydigan¸ o‘zbekcha ulfatchilik va dabdababozlikdan nihoyatda uzoq odam. Bir qarashda qo‘rs. Toshkentda oddiy uch xonali uyda yashaydi. Bundan oldin vazir bo‘lganida davlatdan olgan uyini qaytarib bergan. Xolbuki nomiga o‘tkazsa ham qonunga zid bo‘lmasdi. U kishining To‘ytepadagi qarindoshlari eski mashinalarda yuradi¸ deya ta’kidlagan suhbatdosh:

Uning aytishicha, moliyaviy firbgarliklar Roziqulovning tabiatiga zid.

- Agar faqat oylikka yashaydigan bitta odam O‘zbekistonda bo‘lsa o‘sha odam Rozuqulovning o‘zidir.

- Agar faqat oylikka yashaydigan bitta odam O‘zbekistonda bo‘lsa o‘sha odam Rozuqulovning o‘zidir. Balki uning atrofidagilar mashina sanoati va tijoratidan pul qilgandir. Lekin bu pullardan bir tiyini ham Rozuqulov cho‘ntagiga kirmaganiga ishonaman, deydi mulozim.

Suhbatdoshga ko‘ra, Rozuqulov tashkiliy muammolarni hal qiladigan korchalon sifatida bugungi Mirziyoev rejimiga zarur:

- O‘zbekiston avtosanoatini nazorat qiladigan bilgich mutaxassis sifatida qadrlanadi u kishi. Lekin shundan boshqa ko‘tarilmaydi. Bosh vazir o‘rinbosari degan lavozim unga yetadi. Hamma narsani nazorat qilmoqchiman, degan ambitsiyasi yo‘q. Shu ma’noda Rozuqulov Mirziyoevning komandasining mohir o‘yinchisi bo‘lib qolaveradi¸ deydi suhbatdosh.