Pokistondagi eng mashhur jangarilar guruhining saflariga ayol jangchilarni jalb qilishga urinishi Islom davlati (ID) va boshqa ekstremistik guruhlardan ortda qolmaslikka o‘xshab ko‘rinadi. Ma’lumki, o‘sha guruhlar saflarini ayollar bilan to‘ldirish va targ‘ibotni kuchaytirish uchun ayni da’vatlardan foydalangan edi.
1 avgust kuni Pokistonlik toliblar sifatida mashhur Tahriki Tolibon Pokiston (TTP) ekstremistik guruhi ayollarga mo‘ljallangan jurnalning ilk sonini chop qildirdi va u Muhammad payg‘ambarga tobe’in bo‘lgan ayol sharafiga “Sunnati Havla” (“Havla yo‘li”) deb ataldi.
– Pokistonlik toliblar norozi va ma’lumotli ayollarni o‘z tomoniga og‘dirib olishga intilmoqda. ID ushbu demografik muammodan juda ustalik bilan foydalanib keladi, – deydi pokistonlik jurnalist Umar Varaich.
TTP oldin ham yangi askarlar yollash uchun urdu va ingliz tillarida nashrlar chop qildirgan edi, ammo ushbu 45 sahifali jurnalda ilk marta ayollarga qarata murojaat bilan chiqdi.
TTP ham, ID ham boshqa islomiy guruhlar singari shafqatsiz jihodni targ‘ib etadi, Pokiston va undan boshqa joylarda ta’sir o‘tkazish uchun o‘zaro raqobat qiladi. Ba’zi hollarda ba’zi hollarda murakkab raqamli va internet vositalaridan foydalanadi.
ID yuzlab muslima va musulmonlikni qabul qilgan ayollarni Suriya va Iroqdagi ekstremistik guruhlarga borib qo‘shilishga ko‘ndirdi. Ular asosan uy ishlarini bajarish, jangchilarning yangi avlodini tug‘ib berish bilan mashg‘ul. Ayollar hatto himoyaning so‘nggi marrasida jang ham qilmoqda.
ID 2014 yili ishg‘ol qilgan va o‘zini global xalifalik deb e’lon qilgan joylarda har kuni ayollarni o‘g‘irlab ketib zo‘rlamoqda.
Jangovor islom tadqiqotchisi Tor Hammingning aytishicha, TTP IDning ham boshi ochiq, ham jang qilayotgan erlari qatoriga borib qo‘shilgan ayollarni jalb qilish tajribasiga qiziqib qoldi.
TTP chop etgan jurnal Pokistonday diniy jihatdan o‘ta konservativ mamlakatdagi radikallashuv va ayollarni harbiy xizmatga yollash masalasiga oydinlik kiritganday bo‘ldi.
Pokistonlik siyosiy sharhlovchi Marvi Sirmedga ko‘ra, so‘nggi yillarda, ayniqsa, universitetlarda ayollarga murojaat qilish hollari ko‘paydi. Pokistondagi ekstremistlar Feysbuk guruhlari va Telegram kanallari orqali targ‘ibot natijasida o‘z tomoniga ko‘proq ayollarni jalb qila bildi.
Sirmed xonimning bildirishicha, ayollarni harbiy xizmatga yollash ekstremizm mafkurasini yoyishda qo‘l kelishi mumkin, chunki ularning oiladagi ta’siri katta.
Jurnalda guruh rahbari mulla Fazlullohning nomi aytilmagan xotini bilan suhbat chop qilingan. U eriga 14 yoshida turmushga chiqqani aytiladi.
U forschadan “Muqaddas, pok yurt” deb tarjima qilinadigan Pokiston hali “Alloh qonunlarni bajara olmadi”, deb ko‘zyosh to‘kadi. Boz ustiga, yaqinda Pokiston parlamenti qizlarni erta turmushga berishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun qabul qilganini “jinoyat” deb atadi.
Jurnalda bo‘lg‘usi ayol jangchilar uchun maslahat rukni bor.
Unda yana “Meging johillikdan qo‘llanma sari safarim” degan rukn ham mavjud.
Undagi maqolani G‘arbda olgan ma’lumotidan voz kechib, mutaassib islomni tanlangan vrach ayol yozgani taxmin qilinmoqda.