14 avgust kechqurun O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlari natijalari e’lon qilindi.
O‘tgan yillardan farqli¸ 2017 yilgi qabul jarayonida testlarda grant va kontrakt asosida o‘qish uchun etarli ball to‘play olmagan abiturientlarga yangi imkon berildi - ular normal shartnoma narxidan o‘nlab baravargacha qimmat bo‘lgan superkontraktni to‘lab¸ o‘qishga ilinishlari mumkin.
Ayrim ota-onalar bir yillik narxi 30 ming AQSh dollarigacha boruvchi bunday superkontraktga pul to‘lash taraddudini boshlagan ayni kunlarda jurnalist Bobomurod Abdulla ota-onalarning o‘z farzandini o‘qitishga to‘laydigan pulga kelajak uchun yotqizilgan sarmoya deb qarashini tushunishini ayta turib¸bunday sarmoya o‘zini oqlamasligini aytadi.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
Bobomurod Abdulla: Superkontrakt uchun to‘lanadigan pul o‘zini oqlamaydi