Muxolifatdagi «Erk» partiyasi faoli A’zamjon Turg‘unov va jurnalist Solijon Abdurahmonov o‘tkan hafta qamoqdan ozod etildi.
Ular ozod etilishidan bir kun avval jizzaxlik huquq faoli A’zam Farmonov "Jasliq" qamog‘idan ozod bo‘lgan edi.
Ozodlikning "Qurultoy" eshittirishida gapirgan faol A’zamjon Turg‘unov qamoqdan chiqqan kuni Bobomurod Abdullaevning hibsga olinganini eshitib¸ «o‘zgarishlar haqidagi illyuziya chippakka chiqqanligini» aytadi.
"Qurultoy" qatnashchilari fikricha¸ «O‘zbekistonda Karimov rejimi inertsiyasi sifatida davom etayotgan adolatsiz sudlov tizimi isloh bo‘lmaguncha» aftershoklar¸ ya’ni qama-qamalarning yangi -yangi to‘lqini davom etaveradi.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
Qurultoy: O‘zbek qamog‘idan ozod bo‘lgan faollar “aftershok” dan nega qo‘rqmoqda ?
Aftershók (ingl. aftershock) — bu katta zilzila zarbasidan keyin keladigan kamroq kuchdagi silkinish.
A’zamjon Turg‘unov bu terminni siyosiy ma’noda ishlatib¸ Nurilla Otaxonov va Bobomurod Abdullaevlarning qamoqqa olinishi jamiyatni xavotirga solgan takroriy zarba bo‘lganligini aytdi.
Unga ko‘ra¸ olimlar yer ostidagi tektonik o‘zgarishlar oqibatini oldini olgan kabi¸ jamiyat ham so‘z erkinligi va siyosiy islohotlar o‘tkazib qama-qamalar oqimiga chek qo‘yishi mumkin.