Bu ma’lumotni Ozodlik "Andijoncha fonogramma"ni fosh qilgan jurnalistlardan biri Xurshid Daliyevdan so‘rab bildi. Xurshid o‘z hamkasbi bilan Andijon viloyatida nogironlarga berilgan uylarning bir qismi, aslida, ularga berilmaganini yaqinda fosh qilgan edi.
Xurshid ishlaydigan kun.uz sayti Andijon viloyatining barcha tuman va shaharlarida mehnatga layoqati cheklangan, uy-joyga muhtoj 82 nafar fuqaroga boshlang‘ich badallari to‘lab berilgan uy-joy va Prezident sovg‘alari topshirilgani haqida quvonchli xabar e’lon qilgani, biroq yaqinda kelgan noxush xabar ortidan viloyatga safar qilib, uylar nogironlarga berilmaganini aniqlagani to‘g‘risida 11 mart kuni maqola yoritgan edi.
Sayt o‘z muxbirlarining o‘sha maqolasida ularning Andijon viloyatiga qilgan safari natijalari aks etgan va unda, jumladan, bunday deyilgan:
“Ma’lum bo‘lishicha, Buloqboshi tumanidan 5 nafar mehnatga layoqati cheklangan, uy-joyga muhtoj fuqarolarimizga qog‘ozda uy va sovg‘alar berilganu, amalda esa manzara sahnalashtirilgan bo‘lib chiqayapti. Tadbirda berilgan uylarning barchasining boshqa egalari bor. Ayni damda nogironlarga va’da qilinayotgan namunali uy-joylarning esa biror hujjati taqdim etilmadi. Bu ko‘zbo‘yamachilikning o‘zginasi emasmi? Prezidentni aldash, yolg‘on hisobotlar bilan ish bitirish emasmi? Mayli, agar uy berilishi kechikib, qachondir berilar, lekin nogiron yurtdoshlarimizning ko‘ngli o‘ksimaydimi? Bayramda uy berdik, deb e’lon qilinsa-yu, aslida uy birovniki bo‘lib chiqsa. Shundoq ham hayot tashvishlaridan ezilib turgan insonga yana bir ruhiy zarba bo‘lmaydimi? Hayotga, insonlarga ishonchi susaymaydimi?”
Maqola e’lon qilinganiga 5 kun bo‘ldi. Xo‘sh, nima o‘zgardi?
Shu va boshqa savollarini Ozodlik Andijonga safar qilgan Kun.uz muxbiri Xurshid Daliyevga berdi.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
Kun.uz muxbiri Xurshid Dolimov bilan suhbat