Qirg‘iziston prezidenti So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov 19 aprel kuni mamlakat Hukumatini iste’foga chiqarish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Davlat rahbari Bosh vazir Sapar Isaqov yetakchiligidagi Hukumatni unga (hukumatga) mamlakat parlamenti – Jo‘g‘o‘rqu Kenesh ishonchsizlik bildirganidan bir necha soat o‘tiboq iste’foga chiqardi.
Bosh vazir Sapar Isaqov rahbarligidagi Hukumat 2017 yilning avgustida ish boshlagan edi.
Bor-yo‘g‘i 9 oygina ishlagan bu Hukumat Qirg‘iziston tarixida ishonchsizlik bildirilgani ortidan iste’foga chiqarilgan ikkinchi Hukumat bo‘ldi.
Bundan oldin 1993 yilda Tursunbek Chingishev rahbarligidagi Hukumatga ishonchsizlik bildirilgan edi.
Prezident farmoniga binoan Bosh vazir, vitse-bosh vazirlar, hukumat a’zolari shu paytgacha egallab turgan lavozimlarida yangi hukumat tuzilguniga qadar ishlab turadi.
Baxtiyor Fattohov
Sarlavhaga chiqarilgan va boshqa savollarni Ozodlik Qirg‘iziston Hukumatining sobiq a’zosi, Qirg‘iziston-O‘zbekiston do‘stlik jamiyati raisi Baxtiyor Fattohovga berdi.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
Baxtiyor Fattohov bilan suhbat