Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan olingan ma’lumotga asosan, 2018 yilning 6 sentabr kuni soat 20:30da Lipetsk oblasti Dubrovskiy tumani Bogorodsk aholi punktida «Toyota RAV 4» rusumli yengil avtomobil «VAZ 2106» rusumli yengil avtomobil bilan to‘qnashgan.
O‘zbekiston FVV xabariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi natijasida voqea joyida O‘zbekistonning 5 nafar fuqarosi vafot etgan, 1 nafar Rossiya Federatsiyasi fuqarosi turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Vafot etgan fuqarolar:
1. Axmedov Mavlonbek Raxinbaevich 1986 y.t;
2. Sapaev Mirzabek Ibodullaevich 1990 y.t;
3. Samandarov Narimon Alimovich 1984 y.t;
4. Adambaev Javlonbek G‘ulamovich 1983 y.t;
5. Allaberdiev Azizbek Qosimovich 1983 y.t;
Qayd etilishicha, hozirda halok bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadi Lipetsk viloyati Dubrovskiy tumani shifoxonasida saqlanmoqda.
Vafot etgan fuqarolarning yaqinlari va qarindoshlari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining «Tezkor raqami» (+998 71) 147-10-50 ga murojaat etishlari mumkin.