Samarqand gaz ta’minoti rahbari bir yarim soatlik majlisda yuzlab marotaba so‘kindi

Uztransgaz, Samarqand

Samarqand viloyati bo‘yicha gaz ta’minoti filiali boshlig‘inining o‘rinbosari Akpar Bahriev 5 sentabrda o‘tkazilgan yig‘ilishda o‘z qo‘li ostida bo‘lgan mutaxassis xodimlarni bo‘ralab haqorat qilayotgani yozilgan audiofayl Ozodlik tahririyatiga kelib tushdi.

“O‘ztransgaz" aksiyadorlik jamiyatiga qarashli hududiy filial boshlig‘ining o‘rinbosari o‘z xodimlari, jumladan korxona muhandisi Botir To‘rayevni bir yarim soat davomida yuzlab marta haqorat qiladi.

45 yashar Akpar Bahriev Ozodlikka shunday yig‘ilish o‘tkazilganini tasdiqladi, ammo, korxona xodimlarini so‘kmaganini aytdi.

Korxona rahbari Shukrullo Mahmudov esa “o‘sha kungi janjal” yuzasidan ichki tekshiruv boshlatilganini bildirdi.

Akpar Bahriev 5 sentabr kuni ertalab soat 11da Samarqand viloyati gaz ta’minoti filiali binosi kichik majlislar zalida o‘tkazgan yig‘ilishning audiofaylini ayni yig‘ilishda ishtirok etgan xodimlardan biri Ozodlikka 8 sentabrda taqdim etdi.

Bu audiofaylda uyatli so‘zlar shunchalar ko‘pki, uni shundayligicha eshittirish axloq qoidalariga mutaqo to‘g‘ri kelmaydi.

Audioni Ozodlikka yo‘llagan shaxsning aytishicha, majlisda besh ayol doxil 60ga yaqin xodim ishtirok etgan.

“Xotiningni yonida og‘zingga s...!”

Yig‘ilishda ishtirok etgan tashkilot xodimining audiosi yozib olingan majlisni izohlab aytishicha, Akpar Bahriev uning ustidan yuqori hokimiyat organlariga yozma shikoyat yo‘llagan muhandis “To‘raev Botir va boshqalarni” majlis boshidanoq “ayollar o‘ngida” haqorat qilishga tushgan.

Akpar Bahriev so‘kinishlarining asosiy nishoni 24 yildan bu ushbu korxonada muhandislik qilayotgan Botir To‘raev bo‘lgan:

Og‘zingga s... sen p..tni, nima deysan?! G... b...d, basharangga s....! Hozir o...ga beraman sen p..., b...dь! Basharangga s...y, sen haromini b...d! Uyingga borib, xotiningni yonida og‘zingga s....!” deydi Akpar Bahriev.

Uning haqoratiga e’tiroz bildirgan muhandisga tahdidini yanada kuchaytiradi:

Bu xaromiy bu, xaromiy bu! Hozir k...ga s...! ”, deydi Samarqand viloyati bo‘yicha gaz ta’minoti filiali boshlig‘inining o‘rinbosari.

Botir To‘raev ekani ishonilgan shaxs bu haqoratlari uchun ustidan shikoyat qilishini aytar ekan, Akpar Bahriev haqorati yanada kuchayadi:

"S...ni yeysan, tushundingmi?! S...ni yeysan! Hozir majlisdan chiqqin, s..ni yeysan! Ayollar chiqsin erkaklar qolsin. S...ni yeysan! P...t b...d!" deydi Akpar Bahriev.

Xodimlardan biri majlisdan chiqib ketishga urinar ekan, Akpar Bahriev uni ushlashni talab qiladi:

"Ey k..., qaerga ketayapsan?! Ushlang, ushlang u p...ni! Ushlang na x..., onangni s...!"

"Montaj da’vosi"

Akpar Bahriev shunday yig‘ilish o‘tkazilganini Ozodlikka 13 sentabrda tasdiqlar ekan, u qo‘li ostidagilarni so‘kinmagani, ammo audio fayldagi yozuv montaj qilinganini idado qildi.

- Men bu xodimlarni umuman so‘kinganim yo‘q. Buning hammasini u odam (Botir To‘raev - tahr.) o‘zi montaj qilgan. Men bu yerga yangi rahbarman. Bu odam qaysi yangi rahbar kelsa, shantaj qilib, ishga kelmay yurarkan. So‘kinishlar degan narsalarning hammasi yolg‘on, - dedi Akpar Bahriev.

Ammo, uning bu so‘zlarini Samarqand viloyati bo‘yicha gaz ta’minoti filialining muhandisi Botir To‘raev “kurakda turmaydigan iddao,” deya rad etdi:

- Yo‘q, montaj emas bu. Hamma narsa haqiqat. Hech qanaqa mubolag‘a yo‘q. Bu narsalarni ariza qilib berganman kerakli tashkilotlarga. Baribir, harkim ham o‘zini opravdat qilishni xohlaydiku. Endi, shunga shunday deyaveradi-da. Men montaj qilishni ham bilmayman, unaqa ishlar ham qilmayman, - dedi Botir To‘raev.

Uning iddao qilishicha, Akpar Bahrievning haqorati va tahdidlariga korxonada bo‘layotgan "korrupsiya tuzumi" haqida hokimiyat organlariga shikoyatlar sabab bo‘lgan.

- Akpar Bahriev o‘zi atrofida korrupsion tuzumni yaratgan. Oldingi holatni davom ettirish boshqa hech qanaqa manfaati yo‘q. Maqsadi bitta - yakka hukmronlik qilish, - dedi Botir To‘raev.

“O‘ztransgaz" raisligidan 2016 yil dekabrida bo‘shatilgan Shukurullo Mahmudov "Markazgazta’minot" unitar korxonasi Samarqand bo‘limi direktori lavozimini egallab keladi.

U rahbarlik qilayotgan korxonadagi munoqashadan xabari borligini Ozodlikka tasdiqladi.

- Majlisdan xabarim yo‘q edi. Hozir audioni eshitdim. So‘radim. Endi so‘kinishi noto‘g‘ri, nima bo‘lganida ham. Rahbar u. Chora ko‘ramiz albatta. Unaqa odamlarning ishlashga haqqi yo‘q. To‘raevning ham, Bahrievning ham. Kollektivga dars bo‘lishi uchun. Men hech qachon unaqa odamlarni qo‘llab-quvvatlamayman, - dedi Shukurullo Mahmudov.

Ozodlikda audio faylning haqqoniyligi yoki uning montaj qilinganini aniqlash imkoni yo‘q.

Biroq, 5 sentabrda bo‘lib o‘tgan majlisda ishtirok etganlardan ikki nafari haqiqatan ham audiodagi haqoratlar montaj qilinmaganini bildirdi.

Haqorat va kaltaklashlar xronikasi

Ozodlik O‘zbekistonda rahbarlarning qo‘l ostidagi xodimlarini haqorat qilishi yoki hattoki kaltaklashi haqida muntazam xabar berib keladi.

2017 yil sentabrida Sirdaryo viloyat Sayxunobod tuman hokimi tumandagi maktablarning direktorlarini yig‘ib, ularni bir qatorga tergan holda kaltaklagani tasvirlangan video Inernetda tarqalgan edi.

12 aprelda esa Andijon viloyati Bo‘z tumani hokimi Abdurashid Mamirov yig‘ilishda Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Farmonovni haqorat qilib, o‘z xodimlariga kaltaklatgan edi.

Voqea guvohlarining aytishlaricha, haqorati uchun xodimidan javob haqorat eshitgan hokim mulozim hamshaharlarini yordamga chaqirgan.

Qashqadaryo viloyati Nishon tumani hokimi Asror Jo‘raev 2016 yilning 19 oktabr kuni ertalab 8-maktabning ma’naviyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 36 yashar Shuhrat Shoymardonovni fermerlarning oldida do‘pposladi.

O‘rinbosar xotinining nomida bo‘lgan fermer xo‘jaligi kam paxta topshirgani uchun hokimdan kaltak edi. Voqeaga guvoh fermerlar tuman hokimining so‘kong‘ich va urong‘ich ekanligini aytdi.

2016 yil iyunida Farg‘ona viloyati Furqat tumani fermeri Azizbek Alimatov hokim No‘’monjon Nazirovning qo‘pol va so‘kong‘ich rahbar ekanligidan Ozodlikka shikoyat qilgandi.

Ozodlik tahririyatiga kelib tushgan va hokimning ovozi deb iddao qilinayotgan telefon suhbatlaridan birida hokim fermerning o‘zini, uning onasini, enasini uyat so‘zlar bilan qattiq haqorat qilgan.

Fermer bu audioyozuvni Ozodlik radiosiga taqdim qildi. Hokim fermerni haqorat qilganini tan olib, kechirim so‘radi.

Ammo, hozirga qadar biron bir korxona rahbarining jinoiy javobgarlikka tortilgani O‘zbekistonda kuzatilmagan.