“Fikrlar chorrahasi”da yuz bergan “avariya” ortida kim turibdi?

Kechadan beri “MahallaTV” atrofida duv-duv gap: telekanal "Fikrlar chorrahasi” ko‘rsatuvining 4 iyul soat 20:00 da boshlangan soni oxiriga yetmay, tugashiga 7 daqiqacha qolganida uzib qo‘yildi. Bu haqda yozgan ham yozdi, yozmagan ham. O‘zbekistonlik blogerlar darhol, uzilish ko‘rsatuvda tanqid qilingan Yoshlar Ittifoqining ishi, deb yoza boshladi.

Yoshlar Ittifoqi ham kuttirib o‘tirmadi. O‘zining Feysbukdagi sahifasida ayblovlarni rad etdi.

“Tashkilot O‘zbekiston Milliy Teleradiokampaniyasi tarkibidagi “Mahalla” kanali muharrirlari, kanaldagi efirga uzatiladigan “Fikrlar chorrahasi” ko‘rsatuvi ijodkorlarining faoliyatiga ta’sir o‘tkazmagan va o‘tkazmaydi”, deyilgan YoI bayonotida.

Ozodlik kanalning o‘zidan voqea yuzasidan izoh ololmadi. Izohni mahalliy nashrlar ham ololmagani ma’lum bo‘ldi.

OzodNazarning bugungi sonida toshkentlik tahlilchi Anvar Nazir bilan, kunning boshqa voqealari bilan bir qatorda, shu voqeani ham muhokama qildik.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

“Fikrlar chorrahasi”da yuz bergan “avariya” ortida kim turibdi?