Eronda erkaklar o‘rtasidagi futbol o‘yinini tomosha qilishda ayblangan ayol o‘ziga o‘t qo‘yib, halok bo‘lishi ortidan mamlakatda ayollarning erkaklar sport o‘yinlarini tomosha qilishiga qo‘yilgan to‘siqni bekor qilishga chaqiriqlar avj oldi.
“Istiqlol” futbol klubi muxlisi Sahar Xudoyoriy 2 sentabr kuni sud imorati oldida o‘zining ustidan benzin quyib, yoqib yuborgan va bir necha kun o‘tib halok bo‘lgandi.
U joriy yilning bahorida futbol o‘yinini tomosha qilish uchun stadionga kirishga urinishda ayblanib, sudga chaqirilgan.
12 sentabr kuni bir guruh eronlik Xudoyoriy o‘ziga o‘t qo‘ygan joyda uning xotirasiga sham yoqdi.
جمعی از شهروندان تهرانی، امشب در خیابان شریعتی تهران، نبش خیابان معلم، یعنی همانجایی که #سحر_خدایاری خود را به آتش کشید، به یادش شمع روشن کردند.امشب قرار بود مراسم یادبود #دختر_آبی هم در شهر پدری او برگزار شود.روحش شاد و یادش گرامی. pic.twitter.com/I2Sc0Bqn5N
— paQuote (@paquote1) September 12, 2019
Xabarlarga ko‘ra, sevimli guruhi rangi moviy bo‘lgani uchun “Moviy qiz” laqabi berilgan Xudoyoriyga o‘limidan oldin olti oyga qamalishi mumkinligini aytishgan.
Xudoyoriyning singlisi so‘zlariga ko‘ra, opasi maniakal-depressiv psixozdan aziyat chekkan. Olti oyga qamalishi mumkinligini eshitgach, ruhiy ahvoli og‘irlashgan.
Xudoyoriy joriy yilning martida o‘zi ishqiboz bo‘lgan futbol jamoasi o‘yinini ko‘rish uchun stadionga kirishga uringan paytda politsiya tomonidan qo‘lga olingan edi. Uch kun hibsda saqlanganidan so‘ng, u garov evaziga ozod qilingan va ishi sudda ko‘rib chiqilishini olti oy kutgan.
Belgilangan kuni Sahar Xudoyoriy sudga kelgan, biroq sud majlisi sudьyaning shaxsiy muammolari tufayli boshqa kunga qoldirilgan. Biroq Xudoyoriy sud xodimlarining gaplaridan o‘zi olti oydan ikki yilgacha qamalishi mumkinligini bilib olgan.
Joriy hafta boshida “Istiqlol” futbol klubi o‘yinchilari navbatdagi mashqlardan oldin Xudoyoriy xotirasiga sukut saqlashdi.
یک دقیقه سکوت به درخواست استراماچونی در تمرین امروز تیم استقلالبه یاد #سحر_خدایاری pic.twitter.com/vzUNB6DWqn
— باشگاه استقلال (@fcesteghlaliran) September 11, 2019
Klubning asosiy raqibi bo‘lmish “Persepolis” klubi o‘yinchilari ham Xudoyoriy xotirasiga sukut saqladi.
یک دقیقه سکوت برای #دختر_آبی در تمرین امروز پرسپولیس.منتظر تکرار این حرکت در بازیهای رسمی هستیم. نگذاریم یادش فراموش شود pic.twitter.com/4W6n5zlGRH
— elahe (@elahemohammadi) September 11, 2019
Xudoyoriyning qo‘lga olinishi, o‘ziga o‘t qo‘ygani va halok bo‘lgani ijtimoiy tarmoqlarda keskin qoralandi. Foydalanuvchilar stadionlarga ayol tomoshabinlarni kiritishni man etuvchi qonunni keskin tanqid qilishdi. Ko‘pchilik eronlik futbolchilarni ayollarga qo‘yilgan cheklov bekor qilinmagunicha, o‘yinlarni to‘xtatib qo‘yishga chorladi.
Boshqa futbolchilar va klublar, jumladan, G‘arb davlatlari klublari FIFA rasmiylarini Eronda ayol tomoshabinlarga qo‘yilgan cheklovni bekor qilish uchun Tehronga bosim o‘tkazishga chorladi.
Xususan, “Chelsi” erkaklar va ayollar klublari o‘yinchilari, Italiyaning “Roma” klubi o‘yinchilari, Daniya futbol assotsitsiyasi Xudoyoriyni xotirlab, FIFA rasmiylarini muayyan chora ko‘rishga chorladi.
FIFA yetakchisi Janni Infantino iyul oyida Eron rasmiylarini ayollar futbol o‘yinlarini tomosha qilishga yo‘l ochish uchun chora ko‘rishga chorlagan edi.
Joriy yilda Eron sport vaziri ayollarning futbol o‘yinlarini tomosha qilishiga izn berish yo‘lida ayrim choralar ko‘rilayotganini aytdi. 25 avgust kuni sport vaziri o‘rinbosari Jamshid Tahizoda ayollarga Eron va Kolumbiya o‘rtasidagi Jahon chempionati uchun saralash o‘yinini tomosha qilishga izn berilishini e’lon qildi.
11 sentabr kuni FIFA ayollarga qo‘yilgan to‘siq masalasini muhokama qilish uchun mamlakatga delegatsiya yuborilishini ma’lum qildi.
Eronlik huquqshunos Parvaneh Salahshuri Xudoyoriy “Eron qizi“ bo‘lganini aytar ekan, mamlakatda erkaklar ayollar taqdirini hal qilishi va ularning fundamental huquqlarini cheklashini ta’kidladi.
Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, Xudoyoriy 7 yoki 8 sentabr kuni halok bo‘lgan, ammo uning vafoti Qum shahrida o‘tkazilgan dafn marosimi yakunlanganidan keyin e’lon qilingan.