“O‘zbekneftgaz” eks-rahbari: “Mirziyoyev monopolistlar bahridan o‘tsa, energetik bo‘hron 3 kunda hal bo‘ladi”

O‘zbekistonda tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan bir paytda¸ metan gaz taqchilligi ham kuzatilmoqda.

Hali qish boshlanmay turib millionlab o‘zbekistonlikni qaqshatayotgan gaz¸ svet va o‘tin-ko‘mir taqchilligiga barham berish yo‘llarini taklif qilgan “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi sobiq rahbari Anvar Husainov Ozodlik bilan suhbatda sarlavhaga chiqarganimiz fikrni bildirdi.

Anvarmirzo Husainov

Mutaxassisga ko‘ra¸ joriy bo‘hronga zudlik bilan barham berishning birinchi yo‘li qo‘shnilar bilan favqulodda kelishuvga erishishdir.

Qo‘shnilarimiz kimligiga bir qarang. Bir yonimizda - dunyodagi eng katta gaz zahiralariga ega Turkmaniston¸ boshqa tomonda esa¸ neftga boy Qozog‘iston. Xalq sovuqdan qiynalayotgan kunda¸ bugun ularning hammasi Toshkentda. Turkmaniston prezidentiga O‘zbekiston Fanlar akademiyasi faxriy akademikligini berdik¸ shuncha xushomadlar qildik. Buni ko‘rib¸ bugunoq bizning prezident gaz bo‘yicha yangi kelishuv imzolaydi va Turkmanistondan ertadan boshlab 15 milliard kub metr gaz sotib olamiz¸ deb xalqqa chiqib aytadi¸ deb umid qildim. Turkmaniston gaz quvurlari biznikiga ulangan. Shunday kelishuv qilinsa¸ ikki-uch kunga qolmay¸ Qoraqalpog‘iston va Xorazmda gaz muammosi hal bo‘lardi. Afsuski¸ bunaqa bo‘lmadi”¸ deydi Ozodlik bilan 29 noyabr kungi suhbatda Anvar Husainov.

Mutaxassis¸ O‘zbekistonda 30 yildan beri yechimini topmay kelayotgan energetik taqchillik sabablari va ularni hal qilishning fundamental yechimlari haqida ham fikr bildirdi.

Suhbatni to‘lig‘icha quyida tinglashingiz mumkin:

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Anvar Husainov bilan suhbat