Professor Sodiqov Abdulla Qodiriy qaysi fikri uchun qatl qilinganini aytib bergan edi

Professor Sanjar Sodiqov 6 avgustda 80 yoshida vafot etdi.

6 avgustda adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Sanjar Sodiqov 80 yoshida olamdan o‘tdi.

1940 yil 21 iyul kuni Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan Sanjar Sodiqov ko‘zi ojiz bolalar maktab-internatini tamomlagan. So‘ng Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning filologiya fakultetida tahsil olgan.

1965 yildan to umrining so‘ngiga qadar Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Jahon tillari universiteti hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetlarida yoshlarga ta’lim bergan.

Sanjar Sodiqov adabiyotshunoslikka oid o‘ndan ortiq asarlarning muallifidir. Uning ko‘pchilik asarlari, jumladan, «Roman va tanqid» (2008), «Radiojurnalistika asoslari» (2010), «Mamlakatshunoslik asoslari» (2012), «Yangicha talqin mevalari» (2013), «Jadid adabiyotining qaldirg‘ochlari» (2013), «Yangi o‘zbek adabiyoti tarixi» (2019) kabi asarlaridan oliy o‘quv yurtlarida darslik sifatida foydalaniladi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi Sanjar Sodiqov yozuvchi Boris Pasternakning «Doktor Jivago» (2018), Ivan Buninning «Arsenev hayoti» (2020) nomli romanlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Ozodlik 2015 yil martida bir guruh ziyolilar bilan “Abdulla Qodiriyning o‘zgacha fikri” degan suhbat o‘tkazgan, suhbatda professor Sanjar Sodiqov ham qatnashgan edi. Quyida o‘sha suhbatdan parcha e’tiboringizga havola qilinyapti.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Professor Sodiqov Abdulla Qodiriy qaysi fikri uchun qatl qilinganini aytib bergan edi