Özbekistonlik olim Iqboljon Qoraboyev Qozoğistonda 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda professorning qarindoşlari 19- noyabr kuni «Azattik Aziya»ga ma’lum qildi.
Ularning ma’lum qilişiça, 46 yoşli Qoraboyev josuslikda aybdor deb topilgan. Sud jarayoni iş materiallarida maxfiy ma’lumotlar mavjudligi sababli yopiq tarzda ötkazilgan. Oilasi sud qarori haqida sud yoki rasmiy idoralardan emas, öz manbalari orqali xabar topgan.
Professor 2026- yil 3- iyul kuni Ostonada qölga olingan. U Maksut Nariqboyev nomidagi universitetda xalqaro munosabatlardan dars bergan. Qoraboyevga Qozoğiston Jinoyat kodeksining 176-moddasi — «Josuslik» böyiça ayblov qöyilgan. Uşbu modda 10 yildan 15 yilgaça ozodlikdan mahrum etiş jazosini nazarda tutadi.
Qozoğiston va Özbekistonning rasmiy idoralari hozirça hukm çiqarilgani haqidagi ma’lumotni izohlamagan.
Qozoğiston hukumati tergov josuslik deb baholagan xatti-harakatlar aynan nimadan iborat bölganini oşkor qilmagan.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
Ўзбекистонлик профессор Қозоғистонда ҳибсда сақланмоқда
Avvalroq professorning qarindoşlari uning qölga olinişidan keyin oilasi bilan aloqa örnatiş qiyin bölganini aytgan edi. Uning uç nafar farzandiga otasi bilan faqat videomuloqot orqali qisqa suhbatlaşişga ruxsat berilgan.
Professorning qarindoşlari va hamkasblari avvalroq uning ilmiy faoliyatiga e’tibor qaratgan edi. Qoraboyev mintaqaviy integratsiya, geoiqtisodiyot va Markaziy Osiyoning strategik ahamiyatga ega mineral resurslarini tadqiq qilgan. Hamkasblarining aytişiça, u ilmiy işlarida oçiq manbalardagi ma’lumotlardan foydalangan.
Qoraboyevning qarindoşlari hanuzgaça tergov va sud muhokamasi materiallari bilan tanişiş imkoniyatiga ega bölmaganini, şuningdek, sud hukmining nusxasini ham olmaganini bildirmoqda. Ularning sözlariga köra, söralgan barça ma’lumotlar «Öta maxfiy» grifi ostida sir saqlanmoqda. Oilaga, şuningdek, ayblovga köra olim qaysi davlat manfaatlari yölida faoliyat yuritgani va sudga qanday aniq dalillar taqdim etilgani ham ma’lum qilinmagan.
«Bizga tergovning borişi va uning natijalari haqida ma’lumot berişmadi. Ayblovga oid biror-bir aniq material yoki dalil bilan tanişiş imkoni yöq», — dedi professorning xavfsizlik nuqtayi nazaridan ismini oşkor qilmaslikni söragan qarindoşlaridan biri.
Uning aytişiça, oila Qozoğiston prezidenti, boş prokuror, Milliy xavfsizlik qömitasi, ombudsman va huquqni himoya qiluvçi taşkilotlarga murojaat qilgan. Biroq, qarindoşning ta’kidlaşiça, davlat idoralaridan Qoraboyevning yaqinlari heç qanday mazmunli javob olmagan.
Мавзуга алоқадор
Ўзбекистонлик профессор жосусликда гумонланиб ҳибсга олиндиQozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi rahbariyati özgarganidan keyin oila qömita rahbariyatining yangi tarkibiga, prezident va boş prokurorga qayta murojaat qilgan.
Qarindoşlar apellyatsiya instansiyasida işni qayta körib çiqiş va professorni töliq oqlaşga erişiş niyatida. Ular tergov va sud jarayoni materiallarini taqdim etiş, Qoraboyevni universitetdagi avvalgi lavozimiga tiklaş va mehnat huquqlarini qayta tiklaş, şuningdek, yöl qöyilgan bölişi mumkin bölgan qonunbuzarliklarni rasman tan oliş hamda uning obrösini tiklaşni talab qilmoqda.
Oila professorning hamkasblari, döstlari va jamoatçilikni olimning taqdiriga befarq bölmaslikka, Qozoğiston hukumatidan uning işini qayta körib çiqişni sörab murojaat qilişda davom etişga çaqirmoqda.
«Ikki qardoş davlat — Özbekiston va Qozoğiston örtasida bunday vaziyat qanday yuzaga kelişi mumkin? Biz XXI asrda yaşayapmiz, qöşni va döst mamlakatlarmiz, umumiy tariximiz va yaqin qardoşlik aloqalarimiz bor. Fransiya Belgiya fuqarosini josuslikda ayblab, hibsga olib, hukm çiqarişini tasavvur qiliş mumkinmi? Axir biz ham qardoş xalqlarmiz. Örtamizda işonç, özaro hurmat va adolat bölişi kerak», — deya ta’kidlagan olimning qarindoşlaridan biri.
Qozoğiston rasmiy idoralari Qoraboyevga çiqarilgan hukm yuzasidan izoh bermagan. Olim fuqarosi bölgan Özbekistonning bu boradagi pozitsiyasi ham hozirça noma’lum.