O‘zbekiston 2030-yilga borib yalpi ichki mahsulotni (YIM) 200 mlrd dollarga, uning aholi jon boshiga taqsimotini esa 5000 dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda.
“O‘zbekiston 24” telekanali xabariga ko‘ra, bu haqda 17-oktyabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov ma’lum qilgan.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
Сўров: Нарх-наво сизга қандай таъсир қилмоқда?
“Bu iqtisodiyotimiz nafaqat miqdor, balki sifat jihatidan ham rivojlanishini anglatadi. Asosiy e’tibor yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ulushini oshirishga qaratilmoqda”, degan Norqulov.
Hukumat mulozimi prezident byudjet taqchilligini YIMga nisbatan 3 foizgacha tushirish vazifasini yuklagani, 2027-yildan inflyatsiyani 5 foizgacha yoki undan pastroq darajagacha tushirish maqsad qilinganini aytgan.
Vazir o‘rinbosari ta’kidicha, 2024-yil yakunlari bo‘yicha YIM hajmi 111 mlrd dollarga yetadi.
Belgilangan yangi marra avvalgi prognozlardan ko‘proq ekanini ko‘rish mumkin. 2022-yilda hukumat 2030-yilga borib YIMni 160 mlrd dollarga, uning aholi jon boshiga ulushini esa 4000 dollarga yetkazish maqsadini qo‘ygandi.