Rok va rep shaytoniy musiqami?

O‘zbekiston televideniyesi “Yoshlar” telekanalida dushanba kuni berilgan maxsus ko’rsatuvida rok-n-roll va rep musiqalari tanqid qilindi. “Ohang va ofat” nomli hujjatli dasturda rok-n-roll va rep musiqalarini “qora kuchlar tomonidan yaratilgan shaytoniy musiqa” deb qoralandi.

“Yoshlar” telekanalining bu chaqirig‘iga internetda labbay deb javob bergan chet ellik bloggerlar juda ko‘p bo‘ldi. Ular orasida kimdir buni qo‘llasa, boshqasi tanqid qildi, uchinchilari “Yoshlar” ning jurnalistlari fantaziyasiga qoyil qolganini yashirishmadi.

E‘tiboringizga bizning fikrimizcha eng qiziqarli bo‘lgan bloggerlar sharhlaridan bir shingildan havola etamiz.

- Otes Vasiliy : Juda to‘g‘ri! Atrofga qarang, nimalar bo‘layotganini! Musiqaning bu yo‘nalishi giyohvand moddalarni iste‘mol qilish va zo‘ravonlikka chaqiradi! Fikrimcha, buni ta‘qiqlash juda o‘rinli! Hitkiller.com

- Nashingyou: Endi Shoxrux repper va boshqa rokkerlarni O‘zbekiston fuqoroligidan maxrum qilish kerak! livejournal.com

- Incorrigible: Nima, O‘zbekistonda boshqa muammo yo‘qmi? Yoki mahalliy siyosatchilarning fikricha barcha muammolar shaytoniy musiqalardan kelib chiqyaptimikan? =) livejournal.com

- Ehot: Hamma Yura Shatunovni tinglasin!!! ))) mail.ru

- Necroskull: O‘zbekiston yoshlariga o‘z hamdardligimni bildiraman…hitkiller.com

“Yosh to’lqin”ning Facebookdagi sahifasida ham ushbu mavzu qiziqarli bahsga sabab bo’ldi. Bahsda qatnashganlarning “komment”lari turlicha.

Alik ismli facebookchining masalaga diniy tarafdan yondoshib, musiqa Islom dinida ham ta’qiqlanganini aytdi:

- Ulamolar aytadiki, bu musiqalarning zarari mast qiluvchi ichimlikni zararidan kattaroqdir. Mast qiluvchi ichimlik insonni jasadini ishdan chiqarsa,musiqa bo'lsa insonning ruxini ishdan chiqarar ekan.

Alik o’z fikrini din tushinchalari orqali bildirsa, uni qollagan Sirojiddin tibbiyot nuqtai nazarini ham bahsga qo’shib o’tdi:

- Bu rep va rok eshitganda miya suyuqlik ishlab chiqarar ekan va bu suyuqlik oz miqdorda kayf berar ekan. Islomda har qanday mast qiluvchi narsa haromdir deyilgan. Demak yoshlar TV sida aytilgan mulohaza to'g'ri.

Lekin bu kabi fikrlarga hamma ham qo’shilgani yo’q. Facebookchi Botirjonning aytishicha, Islom dinida musiqa taqiqlanmagan:

- Dinda musiqa taqiqlanmagan. Ming yillik tarixga ega bo‘lgan maqom qo‘shiqlarimiz ham tinglovchiga shunday lazzat beradi bilsangiz.

Aziz mushtariy, siz nima deysiz?