Fiziologiya va tibbiyot sohasi bo‘yicha Nobel mukofoti 2024-yilda amerikalik olimlar Viktor Embros va Geri Ravkanga mikroRNK kashfiyoti uchun berildi.
Qayd etilishicha, bu olimlar odam doxil ko‘p hujayrali organizmlar uchun o‘ta muhim bo‘lgan genlar regulyatsiyasining mutlaqo yangi prinsipini kashf qilishgan. Hozirda inson genomi mingdan ziyod mikroRNK kodlashi ma’lum, deyilgan Nobel qo‘mitasi xabarnomasida.
Viktor Embros va Geri Ravkan tadqiqotlarining katta qismi molekular biologiyaga oiddir.
Garvand universitetidan bo‘lgan Geri Ravkan 72 yoshda bo‘lib, u AQSH Milliy Fanlar akademiyasi va Tibbiyot akademiyasining a’zosi bo‘lib hisoblanadi.
Vusterdagi Massachuset universiteti professori bo‘lgan 70 yoshli Viktor Embros esa AQSH Milliy Fanlar akademiyasi hamda San’at va fan akademiyasi a’zosi bo‘lib, mikroRNK tadqiqotchisi o‘laroq shuhrat qozongan.
Tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha Nobel mukofoti laureatini 1810-yilda Stokholmda asos solingan Karolina instituti tanlaydi. Mazkur mukofot e’lon qilinishi bilan “Nobel haftaligi” boshlandi. Seshanba kuni fizika bo‘yicha, chorshanba kuni kimyo bo‘yicha, payshanba kuni adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari ismlari ochiqlanishi kutilmoqda. Shundan so‘ng Nobel tinchlik mukofoti va iqtisodiyot fanlar bo‘yicha laureatlar e’lon qilinadi.