Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 23:48

London Olimpiadasidagi oltin medal necha pul turadi?


Ishlamasang - tishlamaysan! Agar gruzin kurashchisi Vladimir Xinchagashvili London Olimpiadasida oltin medalni qo'lga kiritsa, Gruziya hukumati unga 1,2 million AQSh dollari taqdim etadi.
Ishlamasang - tishlamaysan! Agar gruzin kurashchisi Vladimir Xinchagashvili London Olimpiadasida oltin medalni qo'lga kiritsa, Gruziya hukumati unga 1,2 million AQSh dollari taqdim etadi.
Olimpiada o'yinlarida qatnashish huquqini qo'lga kiritgan sportchilar uchun ushbu yuqori martabali tadbirda bellashish nafaqat o'z kuchini ko'rsatish va mamlakati sha'nini himoya qilish, balki mo'maygina pul ishlab olish imkoniyati hamdir.

Bunday imkoniyat sportchilarga 1992 yilda Olimpiada reglamentiga kiritilgan o'zgarishlardan so'ng berilgan edi. Mazkur o'zgarishlar Olimpiya o'yinlarida nafaqat havaskorlar, balki professional sportchilarga ham qatnashish huquqini bergan.

Shundan so'ng o'z sportchilarini Olimpiadaga yuborayotgan mamlakatlar oltin, kumush va bronza medallarini qo'lga kiritgan sportchilar uchun turli hil mukofotlar va'da qilib keladi.

Eng katta mukofot qaysi mamlakatda?


Boshlanishiga to'rt kun qolgan London Olimpiya o'yinlaridagi oltin medal uchun eng katta mukofotni Gruziya hukumati va'da qilmoqda. Olimpiadaning eng yuqori shohsupasiga ko'tarilgan gruzin sportchisi o'z hukumatidan 1,2 million AQSh dollari oladi.

Ozarbayjon esa oltin medalchiga 510 ming AQSh dollari va'da qilmoqda.

Birinchi o'rinni egallab, mamlakati bayrog'ini yuqori ko'targan qozoq sportchisi esa medali uchun 250 ming AQSh dollari olishi aytilmoqda.

Qizig'i shundaki, boy mamlakat hisoblangan AQSh Olimpiadada oltin medal olgan sportchisiga atigi 20 ming dollar va'da qilgan. Kanadada ham shu ahvol.

Rossiya hukumati esa Olimpiya o'yinlaridagi oltin medal uchun sportchiga 125 ming AQSh dollari beradi. Biroq Chelyabinsk viloyati hukumati Londonda oltin medalga sazovor bo'lgan mahalliy sportchiga qo'shimcha 1 million AQSh dollari berishini ma'lum qildi.

Eronda oltin medal olgan sportchiga qimmati 85 ming AQSh dollariga teng tilla tangalar beriladi. Ayrim eronlik rasmiylar medalchilarga avtomobillar, kvartiralar va qo'shimcha tilla tangalar va'da qilishmoqda.

Markaziy Osiyodagi iqtisodiy jihatdan eng oqsagan mamlakat hisoblanmish Tojikistonda esa Londondan oltin medal bilan qaytgan sportchiga 63 ming AQSh dollariga beriladi. Dushanbe shahri hokimi Olimpiada shohsupasiga ko'tarilgan tojik sportchilari uchun bir xonali kvartiralar va qo'shimcha pulli mukofotlar berishini aytdi.

Qo'shni Qirg'izistonda esa Olimpiadada oltin medal olgan sportchiga 200 ming AQSh dollari va butun umri davomida to'lanuvchi 500 dollarlik oylik maosh va'da qilinmoqda.

Turkmaniston esa medalchilarga beriladigan mukofot puli miqdorini hozircha e'lon qilgani yo'q.

O'zbekistonchi?


O'zbekiston ham yuqori ko'rsatkichlarga erishgan sportchilariga katta miqdorda mukofot va'da qilgan.

Londondan oltin medal bilan qaytgan o'zbek sportchisi 100 ming AQSh dollari oladi. Kumush va bronza egalariga esa 75 va 50 ming AQSh dollari beriladi.

Oltin uchun mukofot bermaganlar bormi?


XXX yozgi Olimpiya o'yinlariga mezbonlik qilayotgan Buyuk Britaniya esa musobaqa shohsupasiga ko'tarilgan sportchilariga hech qanday mukofot va'da qilmagan.

Biroq, agar sportchilarning suratlari pochta markalariga tushiriladigan bo'lsa, ularning har biriga 15 ming AQSh dollariga teng mukofot beriladi.


XS
SM
MD
LG