Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:23

Facebook Apple uskunalari uchun yangi mobil dasturini chiqardi


Facebook shirkati ijtimoiy tarmoqning Apple uskunalariga yasalgan dasturining yangi versiyasini e'lon qildi.

iPhone va iPad uchun tayyorlangan dasturning yangi "update"i oldingisiga qaraganda qator qulay funksiyalari va o'z tezligi bilan ajralib turadi.

Facebookning iPhone uchun yasalgan yangi dasturini "test drive"dan o'tkazgan "Yosh to'lqin" loyihasi muxbiri aynan shunday xulosaga keldi.

Ko'zga tashlanadigan eng birinchi yangilik bu suratlarni yuklash funskiyasining o'zgarganligidir. U endi ekranning yuqorisida, juda qulay joyda joylashgan va oldingi versiyadagiga qaraganda tez ishlaydi.

Shirkat vakillariga ko'ra, kamera bilan ishlaydigan funksiyaning kodi Apple iOS dasturi tuzilgan kod yordamida yozilgani uchun uning tezligi ortgan.

Qolgan o'zgarishlar orasida yangicha "like" usuli, "news feed" (yangiliklar tasmasi) ning qulayroq va tezroq ishlashi hamda sizga kelgan "like" va sharhlar haqidagi bildirishlarning jonli tarzda yangilanib turishi bor.

So'nggi yillar davomida Facebook o'zining mobil uskunalar uchun yasalgan dasturlariga katta e'tibor berib kelmoqda. Bunga ijtimoiy tarmoqning mobil auditoriyasidagi katta o'sish sabab bo'layotganliki aytilmoqda.

Ijyun oyi statistikasiga ko'ra, 950 million foydalanuvchisi bor Facebook ijtimoiy tarmog'iga bir oyda 543 million kishi mobil uskuna orqali kiradi. Bu ko'rsatkish oy sayin oshib bormoqda.
XS
SM
MD
LG