Линклар

Шошилинч хабар
27 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:39

Karimov Putinga ishonishini aytganidan so‘ng Toshkentda "Barhayot polk" tadbiriga ruxsat berildi


Moskvada 2015 yilda o‘tgan "Barhayot polk" tadbirida prezident Putin ham ishtirok etgan.
Moskvada 2015 yilda o‘tgan "Barhayot polk" tadbirida prezident Putin ham ishtirok etgan.

Prezident Islom Karimovning Moskvaga qilgan rasmiy safari ortidan O‘zbekistonda birinchi marta “Barhayot polk” tadbiri o‘tkazilishiga ruxsat berildi. Rossiyada Ulug‘ Vatan urushi ishtirokchilarini xotirlash marosimi sifatida talqin qilinadigan tadbir Moskva tashabbusi bilan 2012 yildan beri bir qator davlatlarda uyushtirilib kelinayotgan edi.

Toshkentdagi tadbirni VETERAN muvofiqlashtirmoqda

Toshkentda 9 may kuni birinchi marta “Barhayot polk” tadbiri o‘tkaziladi. Tadbir tashkilotchilarining ma’lum qilishlaricha,1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan urushi yillarida halok bo‘lganlar xotirlanadigan mazkur marosimni o‘tkazish uchun Toshkent hokimiyati ruxsat bergan.

Tadbir O‘zbekiston harbiy faxriylar va nogironlarning VETERAN tashkiloti tomonidan uyushtirilmoqda. Ayni paytda 1941-1945 yillardagi urushda ishtirok etgan faxriylarning fotosuratlarini, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish ishlari olib borilayapti. Bu ma’lumotlar tadbirdan so‘ng O‘zbekiston tarix muzeylariga tortiq qilinadi.

“Barhayot polk” tadbiri Rossiya tashabbusi bilan bir qator davlatlarda 2012 yildan beri o‘tkazib kelinadi. Tadbir ishtirokchilari 9 may kuni qo‘llariga Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan qarindoshlarining suratlarini ko‘tarib, namoyishdan o‘tadilar.

Toshkentda esa tadbir 9 may kuni “Birodarlik qabristoni” memorial kompleksida kunning birinchi yarmida o‘tkaziladi.

Aytish joizki, Rossiya va bir qator postsovet davlatlarida 2012 yildan beri 9 may kuni uyushtirilib kelinayotgan “Barhayot polk” tadbirini Toshkentda o‘tkazilishiga prezident Islom Karimovning Moskva safaridan so‘ng ruxsat berildi.

25-26 aprelь kunlari Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashganidan so‘ng O‘zbekiston rahbari Islom Karimov matbuot birifingida Rossiya prezidentini alqagan edi:

- Men Rossiyaga ishonaman va Sizga ishonaman. Shu bilan hamma gap aytib bo‘lindi, -degan edi Karimov Putin haqida gapirar ekan.

O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushiga oid yodgorliklar olib tashlangan

“Nuroniy” jamg‘armasining bildirishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushida ishtirok etganlardan 3 ming nafari yashamoqda.

Ikkinchi jahon urushi jangohlarida 1 million 400 ming o‘zbekistonlik jang qilgan edi. Ulardan 400 mingdan ko‘prog‘i halok bo‘lgan, 130 minggi bedarak yo‘qolgan.

Biroq shunga qaramay, O‘zbekistonda tarixning bu sahifasiga oid yodgorliklarni olib tashlash yoki urush qahramonlarining nomlari berilgan ob’ektlarni qayta nomlash an’anaga aylangani kuzatiladi.

Masalan, 2010 yil noyabrida Toshkentda Sobir Rahimov nomli metro stantsiyasi nomi Olmazorga o‘zgartirilgan. 2011 yili esa O‘zbekiston poytaxtidagi tumanlardan biridan ham general Rahimov nomi olib tashlangan. Hozir bu tuman “Olmazor” deb ataladi.

Keyinroq Farg‘ona, Samarqand va Urganch shahridagi Sobir Rahimov ko‘chalarining ham nomi almashtirildi.

O‘tgan yili Angren shahrida Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaga bag‘ishlangan yodgorlik buzib tashlangan edi.

Biroq O‘zbekiston rasmiylari bu harakatlarga biror-bir izoh bermaganlar.

O‘zbekistonda SSSR paytida tarixga kiritilgan Ulug‘ Vatan urushi atamasi ham rasman qo‘llanilmaydi. Buning o‘rniga butun dunyoda ishlatiladigan Ikkinchi jahon urushi atamasi qo‘llaniladi.

Urush faxriylariga 800 ming so‘mdan beriladi

Ayni paytda O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 800 ming so‘mdan pul mukofoti berilishi e’lon qilindi. O‘zbekiston prezidentining 18 aprel kuni imzolagan farmonida pul mukofoti 9 may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni o‘tkazilishi hamda Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 71 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlariga tarqatilishi aytilgan.

Faxriylarga mukofotni davlat byudjeti hisobidan berish ko‘zda tutilgan.

“O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotining tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini ta’minlasin”, deyiladi prezident farmonida.

XS
SM
MD
LG