Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 07:37

"Farg‘onaazot"dagi kuchli portlashda 6 kishi nobud bo‘ldi


Farg‘ona shahridagi "Farg‘onaazot" zavodida 23 fevralь kuni mahalliy vaqt bilan soat 16.30lar atrofida ro‘y bergan kuchli portlash oqibatida olti kishi nobud bo‘ldi. Bir kishi og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi.

Farg‘ona viloyati hokimligidan Ozodlik olgan ma’lumotga ko‘ra, "Farg‘onaazot" zavodida bo‘lgan portlash oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan:

"Ammiak sexida remont ishlari olib borilayotgan bo‘lgan. Ammiak ishlab chiqaruvchi qurilmadan ammiak gazi sizib chiqib, o‘sha yerda qilinayotgan svarka uchquniga tutashib yong‘in chiqqan va katta portlash sodir bo‘lgan. Besh ishchi o‘sha yerning o‘zida halok bo‘lgan. Ikki kishi og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Ulardan biri ham vafot etgan. Hozir bir kishi og‘ir kuyish jarohati bilan reanimatsiya bo‘limida qolmoqda", dedi hokimlik mulozimi.

Marg‘ilon shahridagi juma namozida ishtirok etgan farg‘onaliklardan birining aytishicha, masjid imomi zavoddagi portlashda 8 kishi o‘lganini e’lon qilgan va ular haqiga duo qilingan.

Ozodlik, hozircha qurbon bo‘lganlar soni 8 kishi ekanligini rasman tasdiqlay olgani yo‘q.

Portlash "Farg‘onaazot" OAJning ammiak sexida ta’mirlash-montaj ishlari jarayonida sodir bo‘lgan.

Voqea sabablarini o‘rganish uchun hukumat komissiyasi tuzilgan.

Baxtsiz hodisadan zarar ko‘rganlarning oilalariga tovon puli to‘lanishi ham xabar qilindi.

"Farg‘onaazot"- O‘zbekistondagi eng yirik kimyo zavodlaridan biri hisoblanadi.

Zavod asosan kimyoviy mahsulotlar va azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

1958 yilda asos solingan mazkur zavod O‘zkimyosanoat aksionerlik kompaniyasi tarkibiga kiradi.

XS
SM
MD
LG