Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:14

Ulug‘bek Abdusalomov insult bo‘ldi


"Diydor" gazetasi bosh muharriri Ulug‘bek Abdusalomov
"Diydor" gazetasi bosh muharriri Ulug‘bek Abdusalomov
Qirg‘izistonlik o‘zbek jurnalisti Ulug‘bek Abdusalomovning insult bo‘lgani haqida Ozodlikka uning advokati Bektursun Qalmanov ma‘lum qildi.

Shu yilning 14 iyun kuni Jalolobod viloyatida zo‘ravonliklarga aloqadorlik ayblanib, hibsga olingan qirg‘izistonlik o‘zbek jurnalisti Ulug‘bek Abdusalomovning sud maxkamasi 17 sentyabr kuni boshlanishi kerak edi, biroq bugun Ulug‘bek Abdusalomovning sog‘ligi yomonlashgani bois sud maxkamasi qolldirildi:

- Maxkama u og‘rib qolgani uchun 22 sentyabrga qoldirildi. Agar sog‘ligi yaxshilansa o‘sha kuni bo‘ladi. Ulug‘bek Abdusalovning o‘zi kasaxonada, u bugun insult bo‘ldi, dedi Ulug‘bek Abdusalomovning advokati Bektursun Qalmanov.

Eslatib o‘tamiz, qamoqxonada saqlanayotgan Ulug‘bek Abdusalomov 15 sentyabr kuni sog‘ligi yomonlashgani sababli Jalolobod viloyat kasalxonasiga o‘tkazilgan edi.

Unga nisbatan jinoyat kodeksining to‘rtta moddasi - ekstremizm, milliy nafratni qo‘zg‘atganlik, ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqarganlik hamda mamlakat hududiy yaxlitligiga qarshi ayirmachilik faoliyati bilan shug‘ullanganlikka oid ayblovlar ilgari surilgan.

Ulug‘bek Abusalomov bosh muharrirlik qilgan "Diydor" gazetasi Qirg‘izistondagi o‘zbek etnik ozchiligi ro‘para kelayotgan masalalar, xususan, o‘zbeklarning ijtimoiy va siyosiy hayotda yuzma-yuz kelayotgan muammolarini yoritib kelgan.
XS
SM
MD
LG