Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:35

Qirg‘izistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi


O‘shlik saylovchilar parlament saylovlarida faol ovoz bermoqdalar.
O‘shlik saylovchilar parlament saylovlarida faol ovoz bermoqdalar.
2010 yilning 10 oktabr kuni ertalab soat 8.00 da Qirg‘iziston bo‘ylab ochilgan barcha saylov uchastkalari soat 20.00 da yopildi. Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi (MSK) ma‘lumotlariga ko‘ra, uchastkalar yopilguniga qadar ro‘yxatga olinmish qariyb 3 million saylovchining 56,59 foizi ovoz berib bo‘lgan.

Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmatining ma‘lum qilishicha, ovoz berish kunida respublika bo‘ylab tashkil etilmish 2289 saylov uchastkasining barchasi saylovchilar uchun ochilgan, parlament saylovida ishtirok etish uchun jami 2 852 751 fuqaro ro‘yxatga olingan.


(Iyun voqealarida yoqib yuborilgan Lev Tolstoy nomidagi maktabning ënmay qolgan qismida tashkil etilgan saylov uchastkasida o‘shliklar ovoz bermoqda)

Mahalliy vaqt bilan soat 20.00 gacha saylovchilarning 1 614 427 nafari (56,59%) ovoz berib bo‘lgani xabar qilinmoqda.

Parlament saylovlarida Qirg‘iziston MSK ro‘yxatga olgan 29 siyosiy partiya ishtirok etdi, shuningdek, saylovchilar “barcha nomzodlarga qarshi” ovoz berishlari ham mumkin edi.

O‘shdagi saylov uchastkalarida avtomatli qo‘riqchilar soqchilik qilayapti.
O‘shdagi muxbirimizning xabar qilishicha, Qirg‘iziston janubiy poytaxtida saylovchilar, jumladan, qirg‘izistonlik o‘zbeklar faol ovoz berishdi.

Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik xizmatidan ma‘lum qilishlaricha, ayni paytda Qirg‘iziston davlat chegaralarida vaziyat barqaror. O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlaridan boshqa barcha chegara punktlari odatdagi tartibda ishlamoqda.

Bugungi saylovlarni 850 nafar xalqaro kuzatuvchi kuzatdi, saylov borishini xorijiy ommaviy axborot vositalarining 135 jurnalisti yoritib bordi.

Mavzu tafsilotlari bilan kun davomida tanishasiz.
XS
SM
MD
LG